Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

"PSJ" Messiga o‘rinbosar topdimi? Yozning kutilayotgan 7 ta transferi

"PSJ" Messiga o‘rinbosar topdimi? Yozning kutilayotgan 7 ta transferi

Baho:
+ | -

2022/23 yilgi mavsum yakuniga yetmoqda. Yozgi transfer oynasi esa juda qizg‘in o‘tishi kutilmoqda, biz kelayotgan transfer oynasida amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferlar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Viktor Osimxen, 24 yosh, hujumchi, 100 million yevro, “Napoli” → “Bavariya”/"PSJ"

Hujumchi - bu mavsumda deyarli Italiya chempioni. Viktor Osimxenning “Napoli” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi, biroq u keyingi transfer oynasida “Bavariya” yoki “PSJ”ga o‘tishi mumkin. Har ikki klub ham futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Insayder Florian Plettenbergning xabar berishicha, myunxenliklar yaqin orada Osimxen transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilishadi. Faqat nigeriyalikning yuqori bahosi va "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning pozisiyasi o‘tishga to‘sqinlik qila oladi.

"PSJ" ham hujumchi uchun kurashga qo‘shilgan, ular har ehtimolga qarshi Messiga o‘rinbosar qidirmoqda. Osimxen mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U nafaqat “Napoli”ni chempionlik va Chempionlar Ligasida yetaklaydi, balki u barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda 25 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ajoyib natija qayd etmoqda.

Lionel Messi, 35 yosh, hujumchi, 45 million yevro, "PSJ" → "Barselona"

Lionel Messining Kataloniyaga qaytishi ehtimoli ortib bormoqda. Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, La Ligada ular "Barselona" argentinalik bilan allaqachon kelishuvga erishgan deb hisoblashmoqda. Mart oyi oxirida Kataloniya klubi tashkilotga Messining ehtimoliy qaytishi bo‘yicha iqtisodiy rejani yuborgan edi. U ligaga mos kelmadi, lekin tez orada "Barselona" yangi ssenariyni taqdim etadi.

Bundan tashqari, "ko‘k-anorranglilar" marketing bo‘limi Messining ehtimoliy qaytishiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yoshi (35) biroz o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hujumchi yaxshi formada - joriy mavsumda u "PSJ" safida 34 o‘yinda 19 ta gol + 18 ta assistentlik qayd etgan.

Gavi, 18 yosh, yarim himoyachi, 90 million yevro, "Barselona" → "Chelsi"

Gavi "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi klubda o‘ynash huquqiga ega, ammo yozda sud qarori bilan uni tark etish huquqi ham bor. Bu xabardan so‘ng futbolchiga "Chelsi" qiziqib qoldi. AS xabariga ko‘ra, londonliklar ispaniyalikni APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirishga tayyor.

"Chelsi" Gavining agenti bilan ikkinchi uchrashuvni o‘tkazmoqchi. Unda klub egasi Todd Bouli, shuningdek, futbolchining ota-onasi ishtirok etadi. Yarim himoyachiga Luis Enrike qo‘l ostida ishlash imkoniyatini beradigan sport loyihasi taklif etiladi. Ketma-ket ikkinchi mavsum Gavi “Barselona”ning asosiy yulduzi hisoblanadi. 18 yoshida u asosiy tarkibda 87 ta o‘yin o‘tkazgan.

Aleksis MakAllister, 24 yosh, yarim himoyachi, 42 million yevro, "Brayton" → "Chelsi"/"Liverpul"

Argentina terma jamoasidagi jahon chempioni amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilganiga qaramay, “Brayton”ni tark etadi. Buni futbolchining otasi Karlos MakAllister tasdiqladi. Relevo xabariga ko‘ra, "Liverpul" va "Chelsi" so‘nggi haftalarda argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni kuchaytirgan. Londonliklar Enso Fernandes va MakAllister juftligini yaratmoqchi. Yarim himoyachilar Argentina terma jamoasining JCH-2022 g‘alabasida birga o‘ynashgan.

Bundan tashqari, Aleksisni “Tottenxem” va “Nyukasl” ham kuzatmoqda. 24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Brayton” safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Folarin Balogun, 21 yosh, hujumchi, 25 mln yevro, "Reyms" → "Milan"/"Monako"/"Lill"/"Leypsig"

Angliyalik futbolchi mavsum oxirigacha "Reyms"da ijara asosida o‘ynadi. Folarin Balogun "Arsenal"ga tegishli, ammo Londonga qaytganidan keyin jamoani tark etishi mumkin. Hujumchi joriy mavsumda 31 o‘yinda 19 ta gol urdi va Liga 1 to‘purarlari ro‘yxatida Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Balogunga bir vaqtning o‘zida bir nechta top jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, hujumchiga "Leypsig" qiziqish bildirmoqda, ammo "Arsenal" uning uchun 40 million yevrodan ko‘proq talab qilmoqda. Shuningdek, "Milan", "Lill", va "Monako" ham uni o‘z transferlar maqsadiga qo‘shgan.

Ansu Fati, 20 yosh, hujumchi, 35 million yevro, "Barselona" → ?

Aftidan, Fati "Barselona"ni tark etadi. AS xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi klubdan va o‘g‘lining o‘yin vaqtidan noroziligini bildirgan otasining bayonoti tufayli ketishga yaqin turibdi. Futbolchining agenti Jorje Mendeshdan Fati uchun kamida 40 million yevro tovon puli bilan taklif izlash so‘ralgan.

E’tiborlisi, 2020 yil yozida “Barselona” Ansuni 150 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishdan bosh tortgani, tovon puli 400 million yevro bo‘lganligi haqida bir necha bor xabar qilingandi. Hujumchi bu mavsumda o‘z o‘yini bilan rahbariyatni hayratga tushirmayapti - u La Liganing 26 uchrashuvida 4+3 ko‘rsatkichiga ega.

Roberto Firmino, 31 yosh, hujumchi, 22 million yevro, "Liverpul" → "Inter"/"Real Madrid"

Mart oyida Roberto Firmino mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishi ma’lum bo‘ldi. Bu malumotni futbolchining agenti tasdiqladi va bosh murabbiy Yurgen Klopp ham vaziyatga izoh berdi. Hujumchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas, biroq La Gazette Dello Sport nashri “Inter” va “Real” haqida xabar berdi.

"Qirollik klubi" Firminoni jamoa bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydigan Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 32 o‘yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 22:37, 18.04.2023.
O'qildi: 5687 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.