Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

A Seriyaning shonli o‘tmishidan salom. "Inter" yoki "Milan"ning Chempionlar Ligasi finaliga chiqishiga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

A Seriyaning shonli o‘tmishidan salom. "Inter" yoki "Milan"ning Chempionlar Ligasi finaliga chiqishiga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Baho:
+ | -

2023 yilgi Chempionlar ligasi finalida milanliklar albatta o‘ynaydi. Italiyaning moda poytaxtining ikki jamoasi yarim finalga yo‘l oldi va ular bir-birlari bilan bahslashadilar. Bunday voqea 20 yil oldin ham bo‘lgan edi. O‘shanda 2003 yilda "Inter" bilan ikki raundlik derbida "Milan" faqat javob mehmonda urilgan gol evaziga muvaffaqiyat qozongandi - 0:0 va 1:1.

O‘sha ajoyib "Milan"ni Karlo Anchelotti boshqargan va afsonaviy Paolo Maldini sardorlik qilgan. Bugungi kunda Maldini “rossoneri”ning top-menejerlaridan biri, Karletto esa “Real”ni boshqaradi. 2003 va 2007 yillarda Anchelotti Maldini bilan birgalikda finalda mos ravishda "Yuventus" va "Liverpul"ni mag‘lub etgan, 2005 yilda esa o‘sha mersisaydliklarga tarixiy o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Ushbu ajoyib va esda qolarli triller 2023 yil 10 iyun kuni final uchrashuviga mezbonlik qiladigan Istanbulda bo‘lgan edi.
Chorak final arafasida ular bir-birlariga Karloning tug‘ilgan kunida Istanbulda uchrashishlarini tilashdi! Syujet nima bo‘lishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi?

"Milan" 2007 yildan beri Chempionlar ligasining yarim finalida ham maydonga tushmagan. Ammo Anchelotti shundan so‘ng yana ikki marta "Real Madrid" bilan 2014 va 2022 yillarda asosiy Yevropa turnirida g‘olib chiqdi. Bu safar final yo‘lida Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" turibdi. Agar Anchelotti murabbiy sifatida to‘rtta yevrokubokni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Pepda bu ikkita. Demak, "Real Madrid" va "Manchester Siti" ishtirokidagi yarim finalda ikkitadan oltita g‘alabaga ega ikkita mutaxassis to‘qnash keladi.

Kubok/CHempionlar ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha Anchelotti-Gvardiola juftligi Stefano Pioli va Simone Indzagi tandemini ortda qoldiradi. “Milan” va “Inter”ning hozirgi murabbiylari hech qachon bu sovrinni o‘yinchi sifatida ham qo‘lga kiritishmagan. Va umuman olganda, ularning nomlari boshqa yarim final juftligidagilarga nisbatan ancha zaif.

"Real Madrid" 14 ta g‘alaba bilan Chempionlar ligasidagi eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. "Milan" 7 ta chempionlik bilan ikkinchi o‘rinda. Shu bilan birga, Milan shahri Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoalari bo‘yicha Madriddan keyin tarixda ikkinchi o‘rinda turadi. 10 marta buni Italiya modasining poytaxti jamolari amalga oshirgan. “Real”, “Milan” va “Inter” fonida “Manchester Siti” tarixiy yutuqlar bo‘yicha yaqqol autsayderdek ko‘rinyapti.

"Real Madrid" va "Manchester Siti"ning yarim finalda paydo bo‘lishi hech kimni ajablantirmagan bo‘lsa, bu bosqichda bir vaqtning o‘zida ikkita Italiya klubining ishtirok etishi ajablanarli. 2003 yilda A Seriya hamon Yevropa klublari futbolining eng yuqori pog‘onasida edi. Yigirma yil o‘tib, Chempionlar Ligasi yarim finalidagi Milan derbisi A Seriyaning shonli o‘tmishidan sado bergandek ko‘rinadi. Va tan olish olish kerakki, 2023 yilgi Chempionlar ligasi finalida Italiya klubini ko‘rishni kutmagan edik.

Hozirgi "Milan" hatto asr boshidagi Anchelotti va Maldinining ajoyib jamoasiga o‘xshamaydi ham. "Inter" 2010 yilda Joze Mourinyo boshchiligida sovrinni qo‘lga kiritgan jangari tarkibga zaif parodiyaga o‘xshab ko‘rinadi. Demak, “Milan” yoki “Inter” bo‘ladimi, iyun oyidagi finalda autsayder bo‘ladi. Ammo Istanbulda har qanday mo‘’jiza sodir bo‘lishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Kiritildi: 19:53, 20.04.2023.
O'qildi: 2540 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.