Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

La Liga. Turning markaziy o‘yinida “Atletiko” “Barsa”dan ochko o‘lib qo‘yadimi?

La Liga. Turning markaziy o‘yinida “Atletiko” “Barsa”dan ochko o‘lib qo‘yadimi?

Baho:
+ | -

"Barselona" o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri La Liga o‘yinlarida o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmayapti. 23 aprel kuni "Atletiko"da muvaffaqiyat qozonish imkoniyati bormi? Keling, jamoalarning hozirgi holatiga to‘xtalamiz.

“Barselona”

To‘liq bir haftalik dam olish "Barselona" uchun eng zo‘r vaqtda kelgan bo‘lishi mumkin, chunki jamoa gol va g‘alabalarsiz uch o‘yinlik seriyadan qaytmoqchi. Bunga o‘tgan yakshanba kuni La Liganing "Xetafe"ga qarshi o‘yindagi golsiz durang qayd etilgani ham kiradi. Ushbu turda jamoa g‘alaba qozona olmasa, 11 ochkolik peshqadamlikni qisqartirib yuboradi.

O‘yinning "Kamp Nou"da bo‘lishi jamoaga baraka bo‘lishi mumkin, chunki "Barsa" bu yerda o‘zining chempionatdagi so‘nggi 13 o‘yinining 12 tasida gol urgan va har bir o‘yinda o‘rtacha 2 tadan ko‘proq. Jamoada motivasiya yetarlicha bo‘lishi kerak, chunki ular 2015/16 yilgi mavsumdan beri birinchi marta “Atletiko”ga qarshi mavsumning ikkala o‘yinini g‘alaba bilan yakunlashi mumkin. Birinchi davradagi bahsda "ko‘k-anorranglilar" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bugungi o‘yinda Kristensen, Dembele va Roberto jamoaga yordam bera olmaydi. Ular jarohatlardan forig‘ bo‘lishmoqda.

“Atletiko”

Madridning “Atletiko”si ham bugun qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi. Jamoa La ligada 13 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Shu jumladan, ketma-ket oltita g‘alaba bilan kuchli uchlikdagi o‘rnini mustahkamlashga ham ulgurdi. Bu Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogidan chiqib ketish zarbasini biroz bo‘lsa ham yumshatdi. Bugungi g‘alaba ularning asosiy raqibi "Real Madrid" tomonidan katta olqishlarga sabab bo‘lsa, ajablanmaslik kerak.

Muvaffaqiyatli seriya Diyego Simeonening shartnomasidagi muammolarni bartaraf etdi. To‘g‘ri, muammolar bor "matraschilar" 2006 yilning fevral oyidan buyon La Liga bahslarida ushbu stadionda birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. 29 tur davomida mehmonlar 18 ta g‘alaba va 6 ta durang bilan 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Simonega bugun Mandava, Lyorente, Kongdobiya va son qismidan jarohat olgan Depay yordam bera olmaydi.

Jamoalarning so‘nggi 5 qarama-qarshiligiga nazar solar ekanmiz, mutlaqo tenglikka guvoh bo‘lamiz. Ya’ni har ikki klub 2 tadan g‘alabaga ega. Bir uchrashuvda esa durang qayd etilgan. Jamoalar 5 uchrashuvda bir xil 5 tadan gol urib, shunchadan o‘tkazib yuborgan.

Uchrashuv bugun, 23 aprel Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:15, 23.04.2023.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.