Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

20 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi o‘nta futbolchisi

20 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi o‘nta futbolchisi

Baho:
+ | -

Jud Bellingem bir necha yildan beri dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan talanti va yosh futbolchi sifatida e’tirof etilib kelayotgan edi. 19 yoshli yarim himoyachi nima uchun 130 million yevroga baholanayotganini o‘zining "Borussiya Dortmund" va Angliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan isbotlay olgan. Ayni damda unga "Manchester Siti" va "Real" jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Shunday darajaga erishgan bo‘lsa ham, Bellingem dunyoning eng yaxshi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari ichida ikkinchi o‘rinda qayd etilmoqda. O‘ta tajribali bo‘lgan futbolchi faqatgina Gavidan keyingi o‘rinda qayd etiladi.
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi ro‘yxatni boshqarmoqda. Endigina 18 yosh bo‘lishiga qaramay, La Masiya "mahsuloti" 90 dan ortiq o‘yinlarda "Barsa" sharafini himoya qildi. Shuningdek, 19 ta uchrashuvni, Gavi Ispaniya libosida o‘tkazgan. "Golden Boy" sovrini g‘olibi, mundialda gol urgan edi. U Xavi jamoasining asosini tashkil etadi. Gavi "Chelsi", "MYU", "Liverpul" va "Bavariya"ning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Kuchli uchlikni Markos Leonardo yakunlab beradi. U o‘nlikdagi to‘rtta braziliyalikdan biri sanaladi. "Santos" tarbiyalanuvchisi hozirda 19 yoshda. U o‘zining debyut o‘yinini 2020 yilda, 17 yoshga to‘lgach o‘tkazgan.
"Benfika"ning talantli futbolchisi Antoniu Silva, ro‘yxatdagi yagona markaziy himoyachidir. U 39 ta o‘yinda, jumladan, YECHL chorak finalida "Benfika" asosiy tarkibida maydonga tushandi. Braziliyalik yana bir talant ro‘yxatda paydo bo‘lgan – Viktor Roke 18 yoshida yulduzga aylana oldi. Yosh hujumchi "Atletiko Paranaense" safida harakat qiladi. Roke o‘tgan oyda Marokashga qarshi Braziliya terma jamoasida o‘z debyutini o‘tkazgan. U uchun "MYU", "Arsenal" va "Barselona" da’vogarlik qilmoqda.

Gavining "Barselona"dagi jamoadoshi Alexandro Balde ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egallaydi. 19 yoshli qanot himoyachisi La Masiyada "Barsa"ning asosiy tarkibigacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tgandi. Ayni damga qadar Balde, besh bor Ispaniya termasida ko‘rinish berishga ulgurdi.
Yana bir chap qanot himoyachisi "AZ Alkmaar" vakili Milosh Kerkezdir. 19 yoshni qarshi olgan futbolchi, "Milan"da ham qisqa vaqt harakat qilgan. 2022 yilda Kerkez Vengriya terma jamoasiga jalb qilingandi.
Endrik braziliyaliklarning ro‘yxatdagi navbatdagi vakilidir. Endigina 16 yosh bo‘lishiga qaramay, u "Real"ga o‘tadigan bo‘ldi. Uning narxi 60 million funtgacha ko‘tarilishi mumkin. Endrikka Yevropaning boshqa yirik jamoalari ham qiziqish bildirayotgan edi. To‘rtinchi va so‘nggi Braziliya vakili Anjelo Gabriel sanaladi. 2004 yilda tug‘ilganiga qaramay, yosh hujumchi 112 ta o‘yinda o‘z jamoasi sharafini himoya qilishga ulgurgan. U uchun "Nyukasl" jiddiy da’vo qilmoqda.

Top o‘nlikni "Borussiya Dortmund" hujumchisi Yussufa Mukoko to‘ldirib beradi. 18 yoshli nemis futbolchisi akademiyada katta muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli, uning klubi Mukokoni 2020 yilda,16 yoshidayoq asosiy jamoaga olib o‘tadi. Hujumchi Jahon chempionati tarixlaridagi eng yosh o‘yinchiga aylangandi.
O‘ta iste’dodli bo‘lishiga qaramay, o‘nlikdan tushib qolgan futbolchilar anchagina. Ular ichida Alexandro Garnacho, Karni Chukvuemeka va Xarvi Elliot bor. Shuningdek, Italiya terma jamoasi hujumchisi Vilfrid Gnonto va "Uotford" vakili Mateus Martinsni ham e’tirof etish kerak.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:19, 28.04.2023.
O'qildi: 5509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.