"PSJ" yarim himoyachisi Renatu Sansheshga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Pit O'Rurkning fikricha, portugaliyalik futbolchi yozda "Enfild"ga o‘tishi mumkin.
Futbolchining "PSJ"dagi faoliyati hozircha yaxshi ketayotgani yo‘q. Rahbariyat Renatuning tez-tez jarohat olishi va debyut mavsumidagi o‘yin sifatidan norozi. Portugaliyalik sotuvga qo‘yiladi, "Liverpul" bundan foydalanishga tayyor.
25 yoshli Sanshesh Fransiya chempionatining joriy mavsumida ikkita gol urdi.













