Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/12 00:45 Lechche 1-0 Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad 1-2 Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna
14/12 00:45 Atalanta - Kalyari
14/12 01:00 Arsenal - Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe - Espanyol
14/12 16:30 Milan - Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya - Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina - Verona
14/12 19:00 Udineze - Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend - Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem - Aston Villa
14/12 20:15 Selta - Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford - Lids
14/12 22:00 Jenoa - Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal

Manchesterdagi Fil Jonsni eslaysizmi?

Manchesterdagi Fil Jonsni eslaysizmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jons jamoadagi debyutini 2011 yilda Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida o‘tkazgan va hozir ham jamoada. Jons shotlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida “Manchester Yunayted” safida 65 ta o‘yin o‘tkazib, Angliya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. So‘nggi uch yil ichida esa himoyachi "Manchester Yunayted" tarkibida sakkizta uchrashuv o‘tkazdi. Bu mavsumda angliyalik biron marta ham qaydnomaga kirgani yo‘q. Biz memlar qiroli bilan nima sodir bo‘lganini eslab o‘tmoqchimiz.

Fergyuson ketganidan keyin Jonsning karerasiga nima bo‘ldi?

Himoyachi afsonaviy shotland bilan o‘ynaganida, prinsipial jihatdan u maydonga tez-tez tushib turardi. Jons tizzasi, to‘pig‘i va belidan jarohat olgan edi, ammo shundan so‘ng Fil muntazam ravishda safga qaytdi. Fergyuson "Yunayted"ni tark etgach, futbolchi "yo‘qolib” qoldi: 2013/2014 yilgi mavsumdan beri u 19 ta jarohat oldi, shu sababli u 181 ta "Manchester Yunayted" o‘yinini va 1037 kunni o‘tkazib yubordi. Joze Mourino davrida himoyachi 57 uchrashuv o‘tkazib, 4882 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Devid Moyes, Lui van Gal, Ole-Gunnar Sulsher va Ralf Rangnikda ham himoyachi tarkibda ko‘rinish berib turar edi, lekin tez-tez emas. Ushbu mutaxassislar qo‘l ostida Jons mos ravishda 36, 37, 26 va besh marta o‘ynadi. Moyes bilan birga Fil ikkinchi marta Angliya Superkubogini, van Gal bilan Angliya kubogini, Mourino bilan esa Liga kubogi va Yevropa ligasini qo‘lga kiritdi.

Jonsning karyerasi davomida tizzasidan ko‘p jarohat olgan. 2017 yil noyabridan 2018 yil avgustigacha bo‘lgan davrda u uch marta qayta jarohatlarga duchor bo‘ldi. Bu jarohat Jonsning yuqori saviyasiga nuqta qo‘ydi, desak ham bo‘ladi. 2018/2019 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shu mavsumdan so‘ng himoyachi to‘rt yil davomida bor-yo‘g‘i 16 marta maydonga tushdi.

Bu mavsumda Jons qaydnomaga umuman kiritilmadi. Filning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yozda tugashiga qaramay, uning kelajagi borasida hali qaror qabul qilingani yo‘q, dedi Erik ten Xag. Ehtimol, niderlandiyalik mutaxassis Jonsni yozgi mavsumda “Manchester Yunayted”da qoldirishga qaror qilishi mumkin. Garchi hozir hech narsa bunga ishora qilmasa ham.

Cheksiz jarohatlarga qaramay, Fil o‘z faoliyatini yakunlamoqchi emas, fevral oyida u shunday degan edi:

“Jismoniy va ruhiy jihatdan uzoq yo‘l bo‘ldi. Men kuchli xarakterga egaman va futbolni yaxshi ko‘raman. Maydonga qaytish uchun hamma narsani qilaman. Menga o‘xshab bu muammolar va jarohatlarga duch kelsangiz, buni yengish qiyinligini tushunasiz. Klub menga nisbatan yaxshi munosabtda bo‘ldi. Meni oilam va do‘stlarim qo‘llab-quvvatlamoqda. Buning uchun minnatdorman”.

Darvoqe, “MYU” Jonsni sotish imkoniyatiga ham ega edi. Qishda unga "Bordo" va "Uotford" qiziqish bildirgan, ammo himoyachining o‘zi takliflardan bosh tortgan. Shunday qilib, u "Manchester Yunayted"da qoldi va u yerda 2019 yil fevralidan beri yiliga 4,4 million yevro ishlab topmoqda.

Kiritildi: 19:39, 28.04.2023.
O'qildi: 3496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.