Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Joriy mavsumdagi eng yaxshi vaziyat yaratuvchi futbolchilar o‘nligi: Messi, KDB, Saka...

Joriy mavsumdagi eng yaxshi vaziyat yaratuvchi futbolchilar o‘nligi: Messi, KDB, Saka...

Baho:
+ | -

"PSJ", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi klublar futbolchilari joriy mavsumda eng yaxshi vaziyat yaratgan o‘yinchilar bo‘lib turibdi. Tuzilgan ro‘yxatni parijliklar yulduzi Lionel Messi boshqarib bormoqda. U bu mavsumda liga o‘yinlari davomida sheriklariga jami raqiblar darvozasiga 167 marta zarba berishda bevosita yordam bergan. Shuningdek, argentinalik afsona Fransiya chempionatidagi 27 ta o‘yinda jami 30 ta golda qatnashdi (muallif/assist sifatida). Uning Kilian Mbappe bilan maydondagi hosil qilgan bog‘lami, "PSJ"ga katta foyda keltirmoqda. Biz razm solayotgan statistikada Messidan keyin Kevin De Bryuyne keladi. U vaziyatlar yaratishda Leodan faqat bitta farq bilan orta bormoqda. Belgiyalikning Xoland bilan hamkorligi, uning jamoasiga Yevropadagi eng yirik turnirlar g‘olibligini olib kelishi mumkin. De Bryuyne hozirga qadar ligada 16 ta assist muallifiga aylangan edi.

Jadvalning keyingi vakillari ham APL bilan bog‘liq. Kuchli beshtalikda yana ingliz futbolidan vakillar bor. Brunu Fernandesh va Kiran Trippyer o‘z jamoalarida o‘ta muhim vazifalarni bajaradi. Xususan, Fernandesh "MYU"ning qaytadan kuchga kirishida ten Xagga yaqindan yordam berib kelmoqda.
"Arsenal" dueti Bukayo Saka va Martin Edegorlar ham yuqoridagi nomlarga yaqin. Ularning har biri mavsum davomida 140 tadan zarba berishga zamin yaratgan harakatlarni amalga oshirgan edi. To‘pchilar APLda 78 ta gol urdi. Bu esa "Manchester Siti"dan keyingi, ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Yevropaning yana bir chempionatiga nazar tashlaymiz. La-liga giganti bo‘lgan "Real" hujumchisi Vini Junior ro‘yxatni davom ettiradi. Braziliyalikning maydondagi chaqqon harakatlarini hamma biladi. Shunga yarasha u vaziyatlar yaratishda juda ham faol. Shuningdek, Vinisius Yevropadagi eng ko‘p qoida buzarlikka duchor bo‘lgan futbolchidir (113 ta). Aynan mana shu muammoga to‘xtalar ekan, Karlo Anchelotti o‘z xavotirlarini yashirib o‘tirmaydi: "Haqiqatdan ham raqiblar uni ko‘p marta tepib yiqitishadi. O‘z vaqtida Maradona va Pelega ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishgan. Baxtimizga Vinisius baqquvat va uning jismoniy holati follarga qarshi chidamli bo‘lishga imkon beradi. Ammo biz o‘z futbolchimiz sog‘lig‘idan xavotirdamiz. U birga-bir vaziyatlarda istalgan futbolchidan ustun turadi. Ammo qoidabuzarlik ham aynan o‘shanday holatlarda sodir bo‘ladi".
Shunday qilib, Vinisius Juniorni ham quyidagi ro‘yxatda ko‘rish, ajablanarli emas. Demak, to‘liq ma’lumotlar bilan tanishib oling. Biz eng yaxshi 10 ta vakilni o‘z ligalaridagi ko‘rsatkichlariga qarab tanlab olganmiz.

1. Lionel Messi – 167 ta zarbali vaziyat
2. Kevin De Bryuyne – 166 ta zarbali vaziyat
3. Brunu Fernandesh – 165 ta zarbali vaziyat
4. Vinisius Junior – 153 ta zarbali vaziyat
5. Kiran Trippyer – 152 ta zarbali vaziyat
6. Remi Kabella – 150 ta zarbali vaziyat
7. Martin Edegor – 146 ta zarbali vaziyat
8. Bukayo Saka – 143 ta zarbali vaziyat
9. Dominik Soboclai – 139 ta zarbali vaziyat
10. Branko van den Bomen – 137 ta zarbali vaziyat.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:29, 30.04.2023.
O'qildi: 2383 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.