Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: «O‘yindan ko‘nglim to‘ldi»

Aleksandr Xomyakov: «O‘yindan ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -

“Neftchi” – “Andijon” (3:1) o‘rtasidagi nazorat uchrashuvidan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagilarni aytdi:

"Derbi haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Bu o‘rtoqlik emas, nazorat uchrashuvi edi. Albatta, o‘yindagi ayrim kamchiliklar xususida futbolchilarimiz bilan bafurja gaplashib olamiz. Uchrashuvni kutilgan tarzda o‘tkazdik, desam ham bo‘laveradi. Mana shunday sparring bilan o‘yin o‘tkazilganidan ko‘nglim to‘lganini alohida aytishim joiz.

Bundan keyin endi asosiy e’tiborni “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘tadigan o‘yinga qaratamiz.

Har bir futbolchi jamoada o‘z o‘rniga ega. Har bir o‘yinchining klub uchun ahamiyat kasb etishi bu inkor etib bo‘lmaydigan holatdir. Tabiiyki, har bir jarohat sababli futbolchining noma’lum vaqtga safdan chiqishi jamoa o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Lekin jarohatlardan hech kim kafolatlanmagan. Umid qilamizki, jarohatlangan futbolchilarimiz tez orada safga qaytishadi. Ularning tezroq oyoqqa turishlarini va umumiy guruhga qo‘shilgan holda mashg‘ulotlarga qaytishini intiqlik bilan kutib qolamiz.

Nazorat uchrashuvi aynan “So‘g‘diyona”ga qarshi bo‘lajak bahsga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Tayyorgarlik kutilgan darajada, reja asosida davom etyapti, - deydi Xomyakov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:45, 01.05.2023.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик