Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Kutib oling, «Luton» kelmoqda odmi arenasi bilan

Kutib oling, «Luton» kelmoqda odmi arenasi bilan

Baho:
+ | -

Kamtarin «Luton» klubi joriy mavsum Chempionshipdan APLga ko‘tarilishga ancha yaqin.

Agar chindan ham, shunday bo‘lsa, Angliya chempionati elit divizioni jamoalarining o‘ta odmi stadionda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. «Luton» Angliyada sof inglizcha arenasini saqlab qolgan sanoqli klublardan biridir.

«Luton» Chempionshipda qatorasiga 12ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti, jamoa bu seriya davomida 8ta g‘alaba qayd etdi. Jumladan, «shlyapalar» APL yo‘llanmasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilaridan biri - «Midlsbro»ga qarshi kechgan oxirgi o‘yinda 2:1 hisobida irodali g‘alabani tantana qilishdi. Xullas, Rob Edvards boshqarayotgan jamoa APLning 3-yo‘llanmasi taqdiriga oydinlik kiritib beradigan «pley-off» turniriga ajoyib sport formasida yaqinlashmoqda.

Ayni payt Chempionship turnir jadvalining 3-pog‘onasida borayotgan «Luton» yakunda APLga chiqish missiyasini muvaffaqiyatli ado etsa, unda Angliya elit divizioni o‘yinlari g‘aroyib arenaga ham ko‘chadi. Bunaqasi anchadan beri ko‘rilmagan Angliya chempionati oliy darajasida. Old skul - eski maktab namunasi. Qolaversa, «Keniluert Road» o‘z bag‘riga atigi 10 mingdan ko‘proq muxlisni oladi, xolos.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:15, 02.05.2023.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик