Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «Buxoro» – «Metallurg». Prevyu

Superliga. «Buxoro» – «Metallurg». Prevyu

Baho:
+ | -

Superliga 9-turida Bekobodning «Metallurg» jamoasi safarda «Buxoro» mehmoni bo‘ladi.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar kuchlilar safida 46 marta to‘qnash kelishgan. Ortda qolgan uchrashuvlarning 21 tasida «Metallurg» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 ta o‘yinda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. 7 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bekobodliklar foydasiga – 63:59. «Metallurg»ning «Buxoro» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi uchta to‘p farqidan iborat – 3:0, 4:1. «Buxoro»ning «Metallurg» ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 4:0 ni tashkil etadi.

Mazkur jamoalarning Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarida ustunlik maydon egalari tomonida: +15-3=4.

Buxoroda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi:
02.07.2020  «Buxoro» - «Metallurg»  1:4
27.11.2019  «Buxoro» - «Metallurg»  0:0
24.10.2018  «Buxoro» - «Metallurg»  1:0
02.08.2018  «Buxoro» - «Metallurg»  2:1
30.09.2017  «Buxoro» - «Metallurg»  2:2

«Buxoro» haqida

«Buxoro» FK 1960 yilda tuzilgan. 7 mavsum shu shahar nomi ostida o‘ynagan keyinchalik «Fakel», «Buxoro», «Nurafshon» nomlari bilan musobaqalarda qatnashdi. 1997 yildan jamoa yana «Buxoro» nomida  chempionatlarimizda ishtirok etib kelmoqda.

Klubning eng yaxshi natijasi 1994 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa mamlakat vise-chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston kubogi bahslarida to‘rt marta yarim finalda kurashni to‘xtatgan. Jamoa turli yillarga chiqdi. Jamoa «gvardiyachisi» Yuriy Ageev, bitta mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi esa Olim Tillayev (1994 yil, 19 ta gol).

«Buxoro»ning  eng yirik g‘alabasi – 8:1 (1993 yil – «Shifokor»), 7:0 (1995 yil – «Politotdel»). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:8 (2005 yil – «Paxtakor»).

«Buxoro» jamoasi kuchlilar safida bugungacha jami 835 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 320 tasini o‘z foydasiga hal etgan, 143 o‘yinda durang natija qayd etilgan, 372 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1112:1272.

Hakamlar

Mamlakat milliy chempionatining 9-tur uchrashuvlari rasmiylari ro‘yxati elon qilindi. Unga ko‘ra 4 may sanasida bo‘lib o‘tadigan «Buxoro» – «Metallurg» uchrashuvini Ravshan Abduvohidov boshqarib borishi malum bo‘ldi. Qanotlarda Mahmud Turdiyev hamda Feruz Dostonov ishlaydi. Zahira hakami Dayletbay Amanbayev.

«Buxoro» – «Metallurg»
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov,  Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov, Dayletbay Amanbayev.
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Nayim Qosimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:48, 03.05.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.