Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Messining «PSJ»dagi kursisi qimirlab qoldi, Leoda qanday variantlar bor?

Messining «PSJ»dagi kursisi qimirlab qoldi, Leoda qanday variantlar bor?

Baho:
+ | -

Lionel Messi «PSJ»ni tark etishi mumkin, ammo «Barselona»ga o‘tish hali to‘liq kelishuvga o‘xshamaydi. Quyida argentinalikning yana qayerda bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yuritamiz.

Saudiya Arabistoniga ruxsat etilmagan sayohat Lionel Messining «PSJ»da qolish istiqboliga chek qo‘ygan ko‘rinadi. Qayd etilishicha, klub rahbariyati argentinalik futbolchidan jahli chiqib, uni jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlatgan va nihoyat shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Xabaringiz bor, «Barselona» haqiqatan ham o‘z afsonasini qaytarishni istaydi, ammo og‘ir moliyaviy ahvol kataloniyaliklarga bu rejani amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu o‘rinda Messi Yevropaning yana qaysi klubiga mos tushishi mumkin degan savol tug‘iladi.

«Chelsi»

London klubining transfer bozoridagi shov-shuvi Todd Boelining Lionel Messini xohlashini ko‘rsatmoqda. Amerikalik o‘tgan yozda marketing maqsadida ko‘p jihatdan Krishtianu Ronalduni qo‘lga kiritishga harakat qilgan va bu nuqtayi nazardan Messi portugaliyalikdan qolishmasligi aniq. Agressiv transfer siyosati «Chelsi»ni og‘ir moliyaviy ahvolga solib qo‘ygan bo‘lsada, «ko‘klar»da hatto jahon chempioni uchun ham pul bordek ko‘rinyapti. Londonliklarning rejalarini futbol nuqtayi nazaridan muhokama qilish qiyin, chunki jamoada hatto muqim murabbiy ham yo‘q, holbuki, hozir jamoada hujumda muammolar borligi ko‘rinib turibdi. Bunday vaziyatda Messi ularni hal qilishi mumkinmi? To‘g‘ri, argentinalikning o‘zi «Stemford Bridj»ga o‘tishni va u yerda sodir bo‘layotgan barcha tartibsizliklarga barham berishini tasavvur qilish qiyin.

«Manchester Siti»

An’anaga ko‘ra, kelajakni muhokama qilishda Messi va Xosep Gvardiolaning yana uchrashishini tasavvur qilish mumkin. Murabbiyning o‘zi bir necha bor argentinalik haqida xushomadgo‘y gaplar aytgan. «Manchester Siti»da Messini qo‘lga kiritish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishiga shubha yo‘q, «shaharliklar»da bu borada hech qanday muammo yo‘q. Shunchaki Leo endi «Manchester Siti»ga kerak bo‘lgan futbolchiga o‘xshamaydi. Xosep Gvardiola Angliyadagi faoliyati davomida kuchli, ehtimol, eng kuchli jamoa tuzdi. «Shaharliklar»ning hujumkor guruhi ichida Messi qayerdan joy topishi aniq emas. Gvardiola Messi uchun futbol strukturasini tiklasa kerak.

«Nyukasl»

Xau shogirdlarining Chempionlar ligasiga qaytishiga bir qadam qoldi va bu turnirda ishtirok etish uchun jamoani kuchaytirish kerak bo‘ladi. «Nyukasl» navbatdagi top-klub bo‘lishni xohlaydi va bu maqom uchun albatta, haqiqiy yulduz bilan shartnoma imzolashi kerak. Messi albatta bu klubga etibor qaratadi va boshqa yorqin ijrochilarni «Sent-Jeyms Park»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi mumkin. Shu bilan birga, Argentina va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqani unutmaslik kerak, bu transferga yordam berishi mumkin. Siyosiy sohani inobatga oladigan bo‘lsak, «Nyukasl» egalari uchun futbolchini «PSJ»dagi qatarlik shayxlardan tortib olish ancha qiyin bo‘ladi. Ehtimol, Messi «Barselona»ga qaytmasa va Angliya jamoasi Chempionlar ligasiga yo‘l olsa, «Nyukasl» varianti juda real ko‘rinar...

«Atletiko Madrid»

Bu variant bir qarashda, ancha xunuk ko‘rinadi, lekin uni butunlay tashlab yubormaslik kerak. «Atletiko» har doim «Barselona»ning sobiq futbolchilarini sotib olishni yaxshi ko‘rgan. David Vilya, Luis Suares va boshqalarni eslash mumkin. Messi ikki yil oldin Kataloniya klubidan xafa bo‘lgandi. Agar «Barselona» uni hozir qaytarishga qurbi yetmasa, bu tuyg‘u yanada kuchayishi mumkin, u holda argentinalik futbolchi qadrli klubining xatosini isbotlashi mumkin. Agar Messi qasos olmoqchi bo‘lsa, «Atletiko»dan yaxshiroq variant yo‘q. «Real Madrid»ga argentinalik har qanday holatda ham bormaydi. Shu bilan birga o‘sha Suares Messiga «matraschilar» haqida ko‘p yaxshi narsalarni aytgan bo‘lsa ajab emas, Leoning vatandoshi Simeone ham bunda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Kiritildi: 11:58, 04.05.2023.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.