Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. "Andijon" - "So‘g‘diyona". Prevyu

Superliga. "Andijon" - "So‘g‘diyona". Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 9-tur bahslariga start beriladi. Ertaga esa “Andijon” Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Jizzaxning “So‘g‘diyona”sini qabul qiladi.

“So‘g‘diyona” 7 ta turdan keyin 1 g‘alaba, 2 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etib, 5 ochko bilan turnir jadvalida 11-pog‘onada bormoqda.

Yodingizda bo‘lsa, “So‘g‘diyona” Yorqin Nazarov boshchiligida chempionatga kirishdi. 4-turda Namanganda “Navbahor”ga 3:0 hisobida imkoniyat boy berilgach, Nazarov iste’foga chiqarildi va o‘rniga “Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlandi.

Bevosita “Andijon” va “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ertangi bahs jamoalarning 45-to‘qnashuviga aylanadi.

Bungacha bo‘lib o‘tgan 44 ta bahsning 16 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan. “So‘g‘diyona” esa 17 ta uchrashuvda ustunlikka erishgan. Yana 11 ta o‘yinda kuchlar teng kelib qolgan. To‘plar nisbati 62\63 jizzaxliklar foydasiga. Ko‘rib turganingizdek, statistik raqamlar bo‘yicha imkoniyatlar deyarli teng.

Jamoalar so‘nggi marta 2021 yilgi mavsumda kuch sinashishgan. Birinchi davrada Jizzaxda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan, Andijonda esa hisob ochilmagan – 0:0. “Andijon” “So‘g‘diyona”ni so‘nggi bor 2016 yilgi chempionatda mag‘lub etgan. 23 aprel sanasida Andijonda o‘tkazilgan bahsda yirik 3:0 hisobi qayd etilgan.

 

Kiritildi: 14:36, 04.05.2023.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик