Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Andijon» bosh direktori FIFA prezidentiga klubning maxsus futbolkasini topshirdi

«Andijon» bosh direktori FIFA prezidentiga klubning maxsus futbolkasini topshirdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 5-6 may kunlari FIFA prezidenti Janni Infantino rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘ldi.  

Kecha, 6 may kuni Toshkentdagi “Xilton” mehmonxonasida FIFA prezidenti janob Janni Infantino ishtirok etgan tadbirda “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev ham bevosita qatnashdi.

Mazkur uchrashuv chog‘ida Ulug‘bek Mirzayev Janni Infantinoga “Andijon” jamoasining esdalik futbolkasini topshirdi. Unga bejizga 9-raqami yozilmagan. Hisob bo‘yicha Zepp Blatter FIFAning 8-prezidenti bo‘lsa, Janni Infantino aynan FIFAning 9-prezidenti hisoblanadi. Shu sababli Ulug‘bek Mirzayev ramziy ma’noga ega sifatida janob Infantinoga “Andijon” klubining 9-raqamli futbolkasini topshirdi.

Mirzayev va Infantino o‘rtasidagi dialog quyidagicha bo‘ldi:

Mirzayev: - Janob Infantino men “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevman. Bu yerda Superliga klublari direktorlari ham jamlanishgan. Sizga “Andijon” futbol klubining futbolkasini bejizga tayyorlab kelmadik. Chunki siz FIFAning hisob bo‘yicha 9-prezidenti sanalasiz. Shuning uchun ramziy ma’no sifatida ushbu raqamni tayyorlab keldik.

Infantino: - Juda xursandman, bu mengami?

Mirzayev: - Ha, bu sizga maxsus tayyorlatib keldik.

Infantino: - Juda minnatdorman. Professional futbol klublari faoliyati jahon futbolida muhim bo‘g‘inlardan hisoblanadi. Shuning uchun sizlarga bu oson bo‘lmagan yo‘nalishda faqat omad va muvaffaqiyat tilayman.

Janni Infantinoni bunday deyishiga yetarli asoslar bor. U buni shunchaki gapirib qo‘ygani yo‘q. Boisi, Infantinoning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning ishi asosan UYEFAda boshlangan. U yerda UYEFA klublarining lisenziyalash tizimining rahbari bo‘lib ishlagan. UYEFA esa bu ishni boshqa konfederasiyalardan ko‘ra ertaroq boshlagan. Osiyoda bu jarayon taxminan 15 yil oldin boshlangan bo‘lsa, UYEFAda 25-30 yil ilgari yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun Infantino klublarning lisenziyalash jarayoni qanchalik muhim ekanini juda yaxshi biladi. Bu tomonlama klublarning qay tariqa ish yuritish kerakligini hammadan ko‘ra yaxshi biladigan va tushunadigan mutaxassislardan biri sifatida bemalol aytsak bo‘ladi. Chunki bevosita uning faoliyati aynan shundan boshlangan va klublarni ichidan yaxshi his qila oladi. Dunyodagi eng ilg‘or ligalar misolida bu narsani biladi. Futbol klublarining hayoti Infantino uchun juda dolzarb va muhim. Uning uchun yot yo‘nalish emas.  

Bir so‘z bilan aytganda, “Andijon” futbol klubi bosh direktorining FIFA prezidenti bilan muloqoti juda samimiy va o‘zaro ishonch ruhi asosida bo‘lib o‘tdi.

Infantino so‘zi oxirida “Andijon” futbol klubiga muvaffaqiyat tilagan holda o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:32, 07.05.2023.
O'qildi: 2203 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.