Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. «Manchester Yunayted» «Vest Xem»ga yutqazib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini xavf ostiga qo‘ydi (videosharh)

APL. «Manchester Yunayted» «Vest Xem»ga yutqazib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini xavf ostiga qo‘ydi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 35-turi doirasida «Manchester Yunayted» safarda «Vest Xem» klubi mehmoni bo‘lib, kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvdagi yagona gol David de Xeaning xatosi tufayli urildi. Benraxma tomonidan 22 metrlardan yo‘llangan uncha kuchli bo‘lmagan zarbani ispaniyalik posbon qo‘llaridan chiqarib yubordi va to‘p darvozaga kirib ketdi.

"MYU" mag‘lubiyatli loyiqmidi? Yo‘q. Chunki, jamoa juda ko‘p vaziyatlarni yuzaga keltirdi. To‘p "Vest Xem" darvozasi ustuniga tekkan payt ham bo‘ldi. Ammo bu kecha Ten Xag shogirdlariga gol urish nasib etmadi.

Natijada "MYU" 63 ochko bilan jadvalda 4-o‘rinda qoldi. Beshinchi pog‘onadagi "Liverpul" hisobida 62 ochko bor. Ammo mankunianliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

Angliya chempionati, 35-tur
Vest Xem – Manchester Yunayted 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 27 Benraxma.
Vest Xem – Fabianski, Kerer, Ogbonna, Agerd, Kressuell (Emerson, 90), Souchek, Rays, Lukas Paketa (Dauns, 90), Benraxma (Fornals, 87), Bouen, Antonio (Djonson, 90).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 87), Shou, Lindelef, Malasia (Fred, 88), Eriksen (Zabitser, 74), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Antoni (Sancho, 74), Vegorst (Marsyal, 57), Reshford.
Ogohlantirishlar: Malasia (36), Uan-Bissaka (64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:31, 08.05.2023.
O'qildi: 15175 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик