"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake Chempionlar ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi birinchi o‘yinda jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.
28 yoshli himoyachi APLning 35-turidan o‘rin olgan "Lids"ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat oldi.
9 may kuni Madridda Chempionlar ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi ilk o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.