Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘yinqaroq iqtidor

O‘yinqaroq iqtidor

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik yarim himoyachi Muhammad Ixattaren - Yevropada eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan futbolchilarning biri.

Lekin yashil maydon tashqarisida ham «otning qashqasi» - qonun va intizom bobida muammolarga ega. Ixattaren - PSV tarbiyalanuvchisi. O‘sha yerdagi mashg‘ulotlar paytida garov o‘ynab, topshiriqlarni bajarmay qo‘ydi va ortiqcha vaznli bo‘lib qoldi.

Yosh iqtidor sohibi endi 21ga chiqqan bo‘lsada, bir qator noxush ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. 2021 yilda «Yuventus» uni yoqtirib qolib, 2 mln. yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. O‘shanda baho ozdek ko‘ringandi, chunki Ixattaren top-klub va Niderlandiya terma jamoasi tarkibiga jalb etilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, yigitchaning intizomi talab darajasida emasdi. Oxir-oqibat, toqati toq bo‘lgan rahbariyat uni asosiy tarkibdan chetlatdi. Chunki futbolchi YEL 1|16 finali doirasidagi «Olimpiakos»ga qarshi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritilmagani uchun janjal qilgandi.

Bu Ixattaren bilan bog‘liq yagona mojaro emas: o‘zining betobligi haqida ogohlantirgan yarim himoyachi aslida Mino Rayola bilan uchrashish uchun Nissaga yo‘l olgandi. Ro‘yxatni homiylar tashkil etgan tadbirga kelmaganlik, mashg‘ulotlar jarayonidagi bahslashishlar, o‘z vazifalarini ado etmaslik va ortiqcha vazn muammosi bilan to‘ldirish mumkin. Niderlandiya matbuotining xabarlariga ko‘ra, Muhammadda otasining vafotidan keyin jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan.

«Yuve»dan ijaraga yo‘l oldi, vataniga borib kelishga ruxsat oldi va g‘oyib bo‘ldi

PSV bilan kelishuvni rasmiylashtirgan Turin grandi Ixattarenni «Sampdoriya»ga ijaraga jo‘natdi - u yerga futbolchi ortiqcha 5 kg. bilan yo‘l oldi. Bundan tashqari, «keksa sinyora» yarim himoyachining maydondagi daqiqalari va gollari uchun alohida bonuslar ham va’da qilgandi. Qisqasi, «Yuve» niderlandiyalik debyutantning muvaffaqiyati uchun haq to‘lashga tayyor edi. «Sampa»da Ixattarenni ortiqcha vazndan xalos etishga urinib ko‘rishdi. Lekin bu samara bermadi. Ijaraning yakuni: bir marta (Turindan kelishi bilan) «zayavka»dan joy oldi, maydonga umuman tushmadi va navbatdagi janjalni amalga oshirdi.

Ixattaren shunchaki g‘oyib bo‘ldi. Ishsiz qolgan futbolchi «Sampa» sport direktori Daniele Fadjanoga qo‘ng‘iroq qilib, oilaviy sababga qo‘ra uyiga borib kelishini bildirdi va keyin aloqaga chiqmadi. Uning o‘z oilasi bilan yashaydigan Utrextdagi uyiga ham kelmagani tez orada ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Ixattaren depressiya holatiga tushib qolgandi. O‘ziga kelgach, yarim himoyachi Italiyaga qaytishni istamadi va «Ayaks» bilan ijara shartnomasini imzoladi. Lekin o‘z yurtidagi chempionat ham unga yordam bera olmadi: futbolchi asosiy jamoada atigi 4 daqiqa o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

Ixattarenning qonunga oid muammosi bor edi, endi u «Yuventus»ga qaytish va sport formasini tiklashni istaydi

So‘nggi JCH arafasida Uesli Sneyder o‘smirga yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan, keyinroq Muhammad futbolga o‘zini to‘liq safarbar eta olmasligini tushuntirgandi. Niderlandiya­da futbolchining uyushgan jinoyatchilikka aloqadorligi ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli Ixattaren bahosi 180 000 yevroli avtomashinasidan judo bo‘ldi. Ehtimol, futbolchi bilan jinoyatchilar o‘rtasida qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgandir. Huquq-tartibot vakillari taniqli jinoyatchilarni Ixattaren va uning oilasi yaqinida, hatto mashinasi ichida ham ko‘rishgan. Balki Muhammadga bo‘lajak rafiqasi Yasmin tufayli tazyiq o‘tkazishgandir. Yasminning oilasi qarshi bo‘lishiga qaramasdan, juftlik o‘tgan yil oxirida turmush qurishdi.

Yasmin ijtimoiy tarmoqlarda nikoh uzugini eslatadigan taqinchoqni namoyish etgan bo‘lsada, hamkorlik tezda barham topdi. Shu yilning fevralida esa futbolchi 3 oy ichida ikkinchi marta polisiyaga tushib qoldi. Noyabr oyida Ixattarenni bosim o‘tkazgani (kimga ekanligi aytilmagan) uchun hibsga olishgandi. Bu gal Yasminga hujum qilganlikda ayblashgan. Futbolchining uyida tintuv o‘tkazildi. Taftishchilar kirish eshigini buzib ochishgan va unga yangi kalitni polisiya mahkamasida olishini yozib qo‘yishgandi. Lekin uni tezda ozod etishdi. Muhammad hozir «Yuventus» bazasida mashq bilan mashg‘ul.

O‘z vatanida Ixattaren noyob iqtidor maqomida edi. U Niderlandiya terma jamoasini tanlaganida (Marokash termasida o‘ynashi ham mumkin edi) Ronald Kuman quvonchini yashira olmagandi:

«Nihoyat, ikki mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan futbolchi bizning jamoamiz sharafini himoya qiladi. Muhammad ulkan salohiyat sohibi. U terma jamoamizning muhim o‘yinchilaridan biriga aylanishi mumkin. U va oila a’zolari bilan shaxsan o‘zim suhbatlashdim. PSV ham bizning jamoamizda o‘ynashni tavsiya etdi», - degandi Kuman milliy jamoani bosh murabbiy sifatida boshqarayotgan paytida. Balki Ixattaren Turinda o‘zining illatlaridan forig‘ bo‘lib, ijobiy xislatlarini yashil maydonlarda namoyish etar.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 10.05.2023.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик