Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Jaka 8 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Jaka 8 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yetakchilaridan biri bo‘lgan Granit Jakaning katta akasi Taulant Jaka Shveysariyaning «Bazel»ida o‘ynaydi.

Albaniyalik 32 yoshli futbolchi jamoa sardori hisoblanadi.

Biroq Shveysariya chempionatining navbatdagi o‘yinida u umuman sardorlik xususiyatlariga zid ish qildi.

Avvaliga u «Syurix» ​​futbolchisini maysazorda urib yubordi, bunga yarasha sariq kartochka oldi, ammo, afsuski, bundan tinchlanmadi.

Keyingi epizodda Jaka raqibini boshi bilan urdi. Bu ish nafaqat qizil kartochka, balki Taulant uchun Shveysariya chempionatining sakkiz bahsiga diskvalifikasiya qilinishiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.

Kiritildi: 06:38, 13.05.2023.
O'qildi: 2752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик