Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Gvardiola Xoland va Ryudiger dueli haqida gapirdi

Gvardiola Xoland va Ryudiger dueli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xolandning Antonio Ryudiger bilan qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Real Madrid» markaziy himoyachisi «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida (1:1) APL rekordchisini ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

17 may kuni bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan Gvardiola duel haqidagi savolga shunday javob berdi:

«Ryudigerni tabriklayman. Erling endigina 22 yoshda va Chempionlar ligasining ushbu bosqichida ilk bor o‘ynamoqda.

Ko‘rinib turibdiki, uning oldida qiyin vazifa turardi - unga yuqori darajadagi raqiblar qarshilik qilishdi.

O‘ylaymanki, agar g‘oyalarimizni yaxshiroq amalga oshirsak, javob o‘yinida unga biroz osonroq bo‘ladi», - dedi Pep.

Kiritildi: 08:00, 14.05.2023.
O'qildi: 4205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.