«Sautgempton» rasman APLdan chiqib ketdi. Mavsumda endi hech narsa uchun kurashmayotgan «Fulxem»dan uchralgan 36-turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bu oydinlashdi. London jamoasi aprel oyida Angliya chempionatining keyingi mavsumida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi va hozir ancha yaxshi formada. «Sautgempton» APLda ketma-ket 11 yil o‘ynadi. Jamoa bu orada tez-tez omon qolish uchun kurashdi, lekin bir necha bor Yevropa Ligasiga chiqdi. To‘g‘ri, bu ikki marta muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Bu safar ular nafaqat mavsumdagi topshiriqni uddalay olishmadi, balki 99 foizlik ehtimol bilan ligada so‘nggi o‘rinni egallashadi.
Ralf Xazenxyuttl jamoani ketma-ket to‘rt mavsum davomida Premyer-ligada saqlab qoldi, ammo 2022 yilning noyabrida u ishdan bo‘shatildi. O‘shanda bor-yo‘g‘i 14 ta tur o‘tgandi, 17-o‘rindan farq bir ochkoni tashkil qilgandi. Shundan so‘ng uch marta murabbiy almashdi (avstriyalikdan tashqari Ruben Sellyes va Natan Jons - ikkalasi ham avval Premyer-liga klublarini boshqarmagan). «Sautgempton» kutilgan natijalarni ko‘rsatishi bilan yodda qoladi. Masalan, u o‘sha paytdagi yetakchi «Arsenal»dan ikki marta ochko oldi (13 va 32-turlar), «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» (27 va 28-turlar) bilan durang o‘ynagan. «Chelsi»ni yutgan (5 va 24-turlar). Agar butun 11 yil haqida gapiradigan bo‘lsak, «Sautgempton» o‘z mag‘lubiyatlari bilan esga olinadi xolos. Xazenxyuttl qo‘l ostida jamoa Premyer-ligadagi rekord hisobda mag‘lub bo‘ldi - 0:9 va ikki marta! O‘z maydonidagi eng yirik mag‘lubiyat: 2019 yil oktyabr oyida «Lester»ga qarshi o‘yinda bo‘lgandi. Eng yirik safardagi mag‘lubiyat: 2021 yilning fevralida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda.
Endi «Sautgempton»ni yetakchi futbolchilari tark etishi mumkin. Boshqalarga qaraganda bunga Jeyms Uord-Prouz haqliroq. U o‘z jamoasi uchun 407 o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt ingliz futbolchisini 38 million yevroga baholamoqda (jamoaning eng qimmat futbolchisi). Sardorning shartnomasi yana 3 yilga mo‘ljallangan va yarim himoyachi jamoani tark etishni kutyaptimi, degan savol tug‘iladi. «Fulxem» bilan o‘yindan so‘ng u kelajagi haqidagi savolga juda qo‘rqinchli javob berdi: «Men ertangi kunga qaramayman, asosiysi bugun». The Athletic yarim himoyachiga «Aston Villa» va «Nyukasl»dan qiziqish bildirilayotganini xabar qildi.
Uord-Prouz Premyer-liga tarixida Devid Bekxemning jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha rekordini takrorlashga yaqin. Bekxemda 18 ta gol bor, «Sautgempton» futbolchisida bitta gol kamroq. Shu bilan birga, u hali bor-yo‘g‘i 28 yoshda, agar Jeyms yana kamida bir mavsumni Premyer-ligada o‘tkazsa, katta ehtimol bilan Bekxemga yetib oladi. Yoki u o‘tib ketishi ham mumkin.