Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbek futboli afsonalari Birodar Abduraimov va Igor Shkviringa davlat mukofotlari topshirildi

O‘zbek futboli afsonalari Birodar Abduraimov va Igor Shkviringa davlat mukofotlari topshirildi

Baho:
+ | -

14 may kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi. Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Birodar Hasanovich va yaqinda o‘zining 60 yoshini qarshilagan Igor Shkvirinning yubileyi munosabati tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘FAda O‘zbekiston respublikasi prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘FA vise-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, shuningdek yaqin va uzoq o‘tmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etdi. Yig‘ilganlar Birodar Abduraimov va Igor Shkvirinning yubiley bilan tabrikladilar va sermahsul faoliyatlarini yodga oldilar.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq o‘zining yuksak professional mahorati, bilim va tajribasi bilan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o‘zbek futboli maktabi an’analarini shakllantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, milliy terma jamoa uchun iste’dodli futbolchilarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasidagi sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Birodar Hasanovich Abduraimov «Mehnat shuhrati» va Igor Anatolevich Shkvirin «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlandi.

Tadbir davomida O‘FA prezidenti futbol jamoatchiligi nomidan faxriylarni tabriklab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi.

«O‘zbek futbolini dunyoga tanitgan va vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan futbolimizning ikki afsonasi mehnati bugun Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Ko‘pgina iqtidori yoshlarni tarbiyalagan, va futbolimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faxriylar hech qachon e’tibordan chetda qolishmaydi. Sizning hayot yo‘lingiz yosh futbolchilar uchun namuna bo‘lishi kerak. Men ishonaman, hozirgi futbol faxriylarimiz o‘z ishlarini davom ettirishadi va yana ko‘p kuchli futbolchilarni terma jamoalarimizga tarbiyalab berishadi» — dedi O‘FA prezidenti.

O‘z navbatida, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov ham yubiley yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyilarining futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlarini eslab o‘tdi. Shuningdek qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, klublar hamda Birodar Abduraimov bilan bir davrda faoliyat olib borgan bir qator afsonalar kun qahramonini muborakbod etishdi.

Tadbir davomida minnatdorchilik ramzi sifatida turli tashkilotlar tomonidan mukofotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:50, 14.05.2023.
O'qildi: 2863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.