Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APL klublari yangi mavsum uchun Yevrokuboklarga qay yo‘sinda yo‘l olishadi?

APL klublari yangi mavsum uchun Yevrokuboklarga qay yo‘sinda yo‘l olishadi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi o‘z yakuniga yetib borar ekan, yevrokuboklar uchun kurash avjiga chiqaveradi. Barcha o‘ziga kerakli natijaga intilishda davom etadi. Hammaga ma’lumki, kuchli ligalarda bo‘lgani kabi, APLda ham dastlabki to‘rtta o‘rin sohiblari YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ammo qolgan yevrokuboklar uchun yo‘llar doimo bir xil bo‘lavermaydi. Shu sababdan bu borada ayrim bilishimiz kerak bo‘lgan narsalar mavjud. Quyida UYEFAning uchta yirik turniri uchun qay tarzda yo‘llanmalar berilishi Angliya misolida tushuntiriladi.

Yevropa Chempionlar ligasi

APL uchun to‘liq to‘rtta joy ajratilgan. To‘rtta klub YECHLning to‘g‘ridan-to‘g‘ri final bosqichidagi guruh bahslaridan o‘rin egallaydi. Bu yerda o‘tish o‘yinlariga hojat yo‘q.

Yevropa ligasi

Anglita uchun odatda ikkita yo‘llanma taqdim etiladi. Shulardan biri APLda beshinchi o‘rinni egallagan jamoaga berilsa, boshqasi Angliya kubogi g‘olibiga in’om etiladi. Agarda mamlakat kubogini yutgan klub yuqori to‘rttalikda bo‘lsa, jadvaldagi oltinchi o‘rin ham YELga chiqishi mumkin. Har ikki yo‘llanma olgan jamoa, turnirni guruh bahslari bilan boshlaydi.

Yevropa Konferensiyalar ligasi

Angliyada mamlakat liga kubogi g‘olibi bo‘lgan jamoa Konferensiyalar ligasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agarda g‘olib jamoa, shundoq ham YECHL yoki YELga yo‘llanma olgan bo‘lsa, u holda APLning yettinchi o‘rinidan joy olgan klubga YEKL yo‘llanmasi taqdim etiladi.
Bordiyu, Angliyaning top-4'ligida bo‘lmagan biror jamoasi YECHL yoki YELda chempionlikni qo‘lga kiritsa, unda Angliyadan beshta jamoa Chempionlar ligasida qatnashishi ham mumkin. Ammo bunday imkoniyat bu mavsumda ingliz klublarida mavjud emas. Agarda allaqachon YECHL pog‘onasini band qilgan klub (masalan, "Manchester Siti") Yevropaning eng nufuzli turnirida zafar quchsa, uning o‘rni boshqa jamoaga o‘tkazilmaydi.

Angliyada allaqachon YEKL uchun bitta yo‘llanma band qilingan. "Manchester Yunayted" liga kubogini yutish orqali bu huquqqa ega bo‘lgandi. Ammo Erik ten Xag jamoasi ayni damda kuchli to‘rttalik ichida ketmoqda. Shunday ekan, uning Konferensiyalar ligasidagi o‘rni, oltinchi yoki yettinchi o‘ringa taqdim etiladi. Aynan shu qoida Yevropa ligasi uchun ham ishlaydi. Ya’ni, Angliya kubogi g‘olibi, kamida APLda beshinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, uning yo‘llanmasi keyingi eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan klubga, 6 o‘ringa taqdim etiladi. Shunday qilib, keyingi mavsumda katta ehtimol bilan Angliyadan jami yettita vakil Yevrokuboklarda ishtirok etadi.

Aytgancha, Londonning "Vest Xem" klubi ayni damda Konferensiyalar ligasining yarim finalida ishtirok etmoqda. Agarda bu jamoa chempionga aylansa, u holda garchand bu jamoa APLning pastki o‘rinlarida ketayotgan bo‘lsa ham, Yevropa ligasining yo‘llanmasini naqd qilishi mumkin.
Xo‘sh, bu mavsum uchun eng katta ehtimolga ega bo‘lgan saralanishlar quyidagicha:
YECHLga: "Manchester Siti", "Arsenal", "MYU" va "Nyukasl".
YELga: "Liverpul" va "Brayton".
YEKLga: "Tottenxem".
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Yevropaning turli mamlakatlarida qit’a chempionatlariga saralash turlicha usulda va jamoalarga har-xil hajmda kvotalar ajratilgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 15:37, 15.05.2023.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.