Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Maurisio Pochettino "Chelsi" va "Tottenxem" o‘rtasidagi raqobat haqida nimalar degandi?

Maurisio Pochettino "Chelsi" va "Tottenxem" o‘rtasidagi raqobat haqida nimalar degandi?

Baho:
+ | -

Maurisio Pochettino "Chelsi"ning doimiy murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Ammo aytish kerakki, sobiq "Tottenxem" ustozi Londonning ko‘k tomoni bilan har doim kelishavermagan. Argentinalik mutaxassis "shporlar" bilan 2014 yilning mayidan, 2019 yilning noyabriga qadar birga bo‘lib, bu vaqt davomida "Chelsi"ning turli xil murabbiylari bilan kurashib ko‘rgan edi. Pochettino bir vaqtlar "Arsenal"ni boshqarishdan ko‘ra, o‘z tomorqasida ishlashni ma’qul ko‘rishini aytadi. Shuningdek, u "Espanyol"ga ustozlik qilganidan keyin "Barselona"da hech qachon ishlamasligini bildirgan. Biroq, "Chelsi" borasida bunday deya olmaymiz. Biz quyida Pochettino tomonidan "Tottenxem" murabbiyi sifatida aytilgan "aristokratlar" haqidagi fikrlarni yig‘dik.

Sun’iy "Chelsi"

Pochettino 2017 yilda APLni "Chelsi"ga boy bergach, shunday deydi: "Bilasizmi, "Tottenxem" "Chelsi" kabi sun’iy barpo bo‘lgan jamoa emas. Ular fantastik jamoa tuzishga bir dunyo pul ajratishadi. Bizda esa vaziyat boshqacharoq. "Tottenxem" aqlli, progressiv va tabiiy yo‘l bilan rivojlanadi. Bu jamoa dunyoda tanho".

Katta raqobat

"Bizning muxlislar jamoadan har mavsumda ko‘proq narsani kutishi, biz uchun yaxshi signaldir. Negaki, o‘zingizdan kuchli jamoalar bilan raqobat, sizni o‘sishingizga yordam beradi. Biz uchun "Chelsi", "Arsenal" va "Vest Xem" eng katta raqobatchilar sanaladi. Ammo hozir bu holat biroz o‘zgargan. Negaki, bizning jadvaldagi o‘rnimiz oldingidan yaxshiroqdir. So‘nggi yillarda "Chelsi" doimo jadval yuqorisida bormoqda. "Arsenal" esa 20 yildan beri ilk bor bizdan pastda qoldi".

O‘zaro raqobat haqida

"Hammamiz shu yerda, kurash uchun kelganmiz. "Chelsi" kabi katta jamoalarga qarshi o‘ynash oson ish emas. Negaki, ular sovrinlar uchun kurashadi. Maydondagi taranglik futbolda normal holat sanaladi. "Chelsi"ning g‘alaba uchun kurashayotgani, bizning ular oldidagi mavqeyimizni ko‘rsatib beradi.

Stiv Xolland haqida

Pochettino o‘z kitobida "Chelsi" yordamchi murabbiyi Xolland haqida shunday yozadi: "Hozir "Chelsi"da terma jamoalarda ham faoliyat yuritgan kuchli mutaxassis mavjud. U jamoada yangi standartlar o‘rnatadi. Shaxsan men uning jamoaga bo‘lgan ta’sirini yuqori baholagan bo‘lardim".

Kristian Pulishich haqida

"Chelsi" kabi jamoalar bitta transfer uchun katta pul sarflab, sotib olingan futbolchini ijaraga yuboradi. Sizningcha, "Tottenxem"ning qo‘lidan shunday ish keladimi? Albatta, yo‘q! Ammo so‘nggi yillarda "Tottenxem" ham shunday qudratli jamoalar bilan tengma-teng kurasha boshladi. Shu sabab, bu jamoa ajralib turadi. Aynan mana shu sababli hamma biz bilan kurashib, mag‘lub etishni xohlamoqda".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 09:04, 16.05.2023.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик