Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Pep oltinchi bor Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Avvalgi natijalar qanday bo‘lgan edi?

Pep oltinchi bor Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Avvalgi natijalar qanday bo‘lgan edi?

Baho:
+ | -

"Man Siti" "Real"dan o‘tdi, endi faqat "Inter" qarshiligini yengish qolmoqda. Bu Pep Gvardiola faoliyatidagi asosiy yevrokubokning oltinchi finali bo‘ladi: u ikki marta futbolchi sifatida, uch marta murabbiy sifatida finalda ishtirok etgan.

Hal qiluvchi o‘yinlarda murabbiylar orasida faqat Karlo Anchelotti undan ustun bo‘lib qolmoqda. Italiyalik besh bor finalda ishlagan bo‘lsa, Gvardiola, Aleks Fernuson, Yurgen Klopp va Marselo Lippi to‘rttadan.

Xo‘sh avvalgi finallarda uning natijasi qanday bo‘lgan?

1992 yil 20 yoshida kubokni qo‘lgan kiritgan

Gvardiola 1990 yilda "Barsa"da debyut qilgan, 1991/92 yilgi mavsumda esa u allaqachon jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lib, "oltin dubl"ga erishgandi. Pep o‘sha vaqtda Italiyaning Guerin Sportivo jurnali tomonidan dunyoning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Yevrokubokning final o‘yini "Sampdoriya"ga qarshi "Barsa" uchun qiyin kechdi. O‘yin taqdiri 112-daqiqada hal bo‘lgan. Ronald Kuman jarima zarbasidan gol urib jamoaga g‘alaba keltirgan.

1994 yil “Milan” kuchliroq edi

"Barsa" 1994 yilda yana finalga chiqdi. "Monako", "Galatasaroy" va "Spartak" bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi, "Portu" yarim finalda "Milan" esa finalda Paolo Maldini, Zvonimir Boban va Marsel Dezai bilan ularni kutib turar edi.

Milanliklar har bir bo‘limda ikkitadan gol urdi va “Barselona”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu Pepning futbolchilik faoliyatidagi asosiy yevrokubokning ikkinchi va oxirgi finali edi.

2009 yil murabbiylik faoliyatidagi kuchli debyut

15 yildan so‘ng Pep "Barsa" bosh murabbiyi sifatida finalga chiqdi. "Barselona" treblga erishdi. Buyuklik cho‘qqisi Rim finalida Aleks Fergyuson boshchiligidagi "MYU"ga qarshi bo‘lib, Samuel Eto'O va Leo Messining gollari bilan chempionlikni olib keldi.

2011 yil o‘z ishida davom etdi

Oradan ikki yil o‘tib Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" yana treblga iloji boricha yaqinlashdi: ular La Ligada ham, Chempionlar Ligasida ham g‘alaba qozonishdi faqat Ispaniya kubogi finalida "Real"ga yutqazishdi.

Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yini - yana "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘ldi. “UYEmbli”da Pedro hisobni ochgan bo‘lsa, Ueyn Runi tezda hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda "Barsa" yakuniy nuqtani qo‘ydi: Messi va David Vilyaning gollari evaziga klub tarixidagi to‘rtinchi yevrokubokni qo‘lga kiritishdi.

2021: "Siti"dagi ilk urinish

Pep 10 yil davomida Chempionlar ligasining navbatdagi finalini kutdi. U hal qiluvchi bahslarda doim taktika bilan aqlli bo‘lgan murabbiy timsolini ko‘rsatadi.

COVID'dan keyingi shiddatli mavsumda finalga yo‘l olarkan, "Siti" Dortmundning "Borussiya"sini ham, “Parij Sen-Jermen”ni ham mag‘lub etdi. Finalda "Chelsi" bilan noqulay Tomas Tuxel murabbiylik qildi. Hammasini birinchi bo‘lim oxirida Kay Haversning goli hal qildi.

“Men g‘alaba uchun optimal tarkibni belgilashga harakat qildim. Birinchi bo‘limda himoyani yorib o‘ta olmadik. Tanaffusdan keyin o‘yin ancha yaxshilandi. "Chelsi"ning himoyaviy tuzilmalariga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi. Biz ajoyib mavsumni o‘tkazdik. Afsuski, ular g‘alaba qozona olishmadi. Harakat qildik, ammo uddasidan chiqa olmadik”, - deya xulosa qildi Gvardiola o‘yindan so‘ng.

Ikki yil o‘tib, Pep yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Agar "Inter" xalaqit qilmasa…

Kiritildi: 15:05, 18.05.2023.
O'qildi: 5772 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.