Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Jo Koul AZ muxlislarining harakatlaridan g‘azablandi

Jo Koul AZ muxlislarining harakatlaridan g‘azablandi

Baho:
+ | -

Konferensiyalar ligasidagi o‘yindan so‘ng "AZ Alkmaar" jamoasi muxlislari "Vest Xem" muxlislariga qilgan hujumi Jo Koulni g‘azablantirdi.

"Biz UYEFA va AZ klubiga savollar berishimiz kerak. Tribunalar kelib, mushtlarini silkitish - bu qandaydir bema’nilik. Futbolchilar haqli ravishda xavotirda, ularning oilalari, do‘stlari, farzandlari bor.

Zamonaviy futbolda bu bema’ni va achinarli ko‘rinish. Odamlar ingliz bezorilari haqida gapirishadi, lekin bizda bunday narsa yo‘q, uzoq vaqtdan beri bunday bo‘lmagan. Shu bilan birga, bunday holatlar tufayli biz ma’lum bir obro‘ga erishdik. Ammo Yevropaning boshqa klublari... achinarli manzara.

U yerda do‘stlarimiz bor edi. Biz kameralardan qoidabuzarlarni topib, ularni bir umrga futboldan chetlashtirishimiz kerak. Agar oldin siz bolalarni finalga olib chiqish haqida gapirgan bo‘lsangiz, endi bundan keyin ikki marta o‘ylab ko‘rishingiz kerak" - dedi "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi BT Sport nashriga.

Kiritildi: 09:58, 19.05.2023.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик