Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Vadim Abramov: «Barchasiga o‘zimiz aybdor. Darvozabonimizni e’tirof etish kerak, u ko‘p marta qutqardi»

Vadim Abramov: «Barchasiga o‘zimiz aybdor. Darvozabonimizni e’tirof etish kerak, u ko‘p marta qutqardi»

Baho:
+ | -

Pro liga 9-turi doirasidagi «Dinamo» - «Qo‘qon-1912» (3:3) uchrashuvidan keyin dastlab Vadim Abramov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin davomida 3:1 hisobida oldinda borayotib, o‘yin oxirida 3:3 hisobini qayd etish yoqimsiz, albatta. Biz yomon o‘ynadik. Yutqazishimiz ham mumkin edi. Barchasiga o‘zimiz aybdor. Orada 20 kundan ortiq tanaffus yuzaga kelgani ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Axir, 20 kundan ko‘proq o‘ynamadik, yaxshi sport formasini saqlab qolish qiyin. Futbol shunisi bilan qiziq, endi xatoni tuzatishimiz shart.

- Tanaffusdan keyin ketma-ket uchta o‘zgarish bilan o‘yinda o‘zgarish qilindi – jamoa 3:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo so‘nggi daqiqalarda aynan nima yetishmadi?
- Hisob 3:1 bo‘lganida shunchaki to‘g‘ri o‘ynashimiz kerak edi. O‘yinni tinchlantirishimiz va paslar orqali o‘ynashimiz lozim edi. Biz esa xatolarga yo‘l qo‘ydik. Yosh o‘yinchilar hissiyotga berilib, o‘ynashdi. Raqibning standartlari bizga muammolar yaratdi. Har bir standart vaziyatidan keyin shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ydik. Biz standartlar bo‘yicha raqibga yutqazdik.

- «Lokomotiv» ham «Mash’al» bilan durang qayd etdi...
- O‘yin oldidan bu o‘yin durang bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandim. Kurash qizimoqda, ko‘ramiz, buyog‘i ham qiziq bo‘ladi.

Keyingi o‘yinlarda tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l uramiz. Bugun markaziy chiziq ko‘p vaziyatlarni boy berdi. Xatolar esa noto‘g‘ri o‘ynaganimizdan bo‘ldi.

- Tanaffusdan keyin qatorasiga o‘zgarishlarga qo‘l urdingiz. Asosiy tarkibni tanlashda xato qildim, deb hisoblaysizmi?
- Orada katta tanaffus yuzaga kelgani uchun tarkibni tanlash qiyin bo‘ladi. Chunki mashg‘ulotlarda ham barcha o‘yinchilarni holati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Men oxirgi o‘yinlarda maydonga tushirgan tarkibni tushirgandim.

Jamoa shijoatidan qoniqdimmi? 3:3 hisobi muxlislar uchun qiziq bo‘lishi mumkin, ammo biz hozirgacha turnirda faqat bitta gol o‘tkazib yuborgan edik. Bugun esa 3ta qo‘yib yubordik. Bu meni tashvishlantiradigan jihat. Shu holatda ham darvozabonimizni e’tirof etish kerak, Farhod Rahmatov ko‘p vaziyatlarga darvozani goldan saqlab qoldi, - deydi Vadim Abramov o‘yindan keyin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:52, 20.05.2023.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.