Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Vinisius "Real"dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Vinisius "Real"dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinda yana irqchi haqoratlarga uchragan Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius o‘zining kelajagi haqida bir qarorga keldi.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik irqchilikka qaramay, "qirollik klubi"ni tark etmoqchi emas. Futbolchining atrofidagilar unga chempionatni o‘zgartirishni maslahat bergan, ammo Vinisius "Real"ni tark etishni istamayapti.

Vinisius "Real"da 2018 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Braziliyalik futbolchi va Madrid klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Hujumchi joriy mavsumda La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 10:23, 22.05.2023.
O'qildi: 12235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик