Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Firmino, Milner, Keyta va Oksleyd-CHemberlen. Ular "Liverpul"da nimalarga erishishdi?

Firmino, Milner, Keyta va Oksleyd-CHemberlen. Ular "Liverpul"da nimalarga erishishdi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Liverpul" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibida katta o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Jamoa bir qator futbolchilar bilan xayrlashib, ularning o‘rnini yosh, iqtidorli o‘rinbosarlar bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Hozirda "Qizillar" safini yozda aniq tark etadigan to‘rt nafar futbolchi aniq bo‘lib ulgurdi, bular: hujumchi Roberto Firmino, yarim himoyachilar Jeyms Milner, Nabi Keyta va Aleks Oksleyd-CHemberlen. Keling, ushbu futbolchilar mersisaydliklar safida nimalarga erishganini sarhisob qilib ko‘ramiz.

Roberto Firmino

Yuqoridagi uchlikdan "Liverpul" safiga eng erta kelib qo‘shilgan futbolchilardan biri aynan Roberto Firmino hisoblanadi. U 2015 yilda Germaniyaning "Xoffenxaym" klubida "qizillar" safiga 41 million yevro evaziga transfer bo‘lgan edi. U jamoa safida hozirgacha jami 361 ta uchrashuv o‘tkazib, 110 ta gol urgan va 79 ta golli uzatma amalga oshirgan. Firmino "Liverpul" bilan 2018/19 yilda Chempionlar ligasini yutdi, shuningdek Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2020), Angliya chempionligi (2020), UYEFA Superkubogi g‘olibligi (2019/20), Angliya kubogi (2022), Liga kubogi (2022) va Angliya Superkubogini (2023) qo‘lga kiritgan. U bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan APL 37-turi doirasidagi "Aston Villa" bilan uchrashuvda gol urib, "Enfild" bilan munosib tarzda xayrlashdi. Hozircha Bobbining yangi klubi qaysi bo‘lishi aniq emas, ammo u uchun kurashda "Barselona" va "Real" kabi klublar ishtirok etmoqda.

Jeyms Milner

Ayni damda 37 yoshda ham yuqori saviyada o‘yin namoyish etib kelayotgan Jeyms Milner ham huddi Firmino kabi jamoaga 2015 yilda kelib qo‘shilgan. Farqi Milner "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent maqomida "qizillar" futbolchisiga aylangan. Milner ayni vaqtgacha mersisaydliklar safida 331 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Ularda ingliz 26 ta gol urib, 46 ta golli pas berdi. Jeyms "Liverpul"da YECHL (2018/19) g‘olibligi, KO‘JCH (202), Angliya chempionligi (2020), UYEFA Superkubogi (2019/2020), Angliya kubogi va Liga kubogida (2022) zafar quchgan. Shuningdek, 2023 yilgi Angliya Superkubogini ham qo‘lga kiritgan. Hozirda Milnerning yangi klubi katta ehtimol bilan "Brayton" bo‘lishi taxmin qilinmoqda. U yerda "Liverpul" sobiq futbolchisi Adam Lallani Jeymsni shaxsan o‘zi jamoaga taklif qilgan.


Nabi Keyta

Firmino va Milnerga nisbatan ancha kech 2018 yilda "Liverpul"ga o‘tgan Nabi Keyta jamoa safida rahbariyat kutgan ishonchlarni unchalik oqlay olmadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uni "qizillar" "Leypsig"dan naq 65 million yevro evaziga sotib olishgan edi. Keyta shu davrgacha jamoada jami 129 o‘yinda bor yo‘g‘i 11 ta gol urdi va 7 bor assist qayd etdi. Taqqoslash uchun u "Red Bull Zalsburg" safida 80 ta o‘yinda 20+11 (gol+assist) natijasini ko‘rsatgan edi. Klopp qo‘l ostida hech qachon asosiy tarkibdan muqim joy olomagan bo‘lsa-da, Keyta Firmino va Milner "qizillar" bilan qanday sovrinlar yutgan bo‘lsa, huddi shu sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Hozirda transfer narxi 17 million yevroga qadar pastlagan Keytaning yangi jamoasi haqida ma’lumot yo‘q, ehtimol u yana avval "Leypsig" safida o‘zini ko‘rsatgan Bundesligaga qaytar. Bunisi bizga qorong‘u.

Aleks Oksleyd-CHemberlen

2017 yilning yozida "Arsenal"dan 38 million yevroga xarid qilingan Oksleyd-CHemberlen "Liverpul" uchun 146 ta o‘yinda 18 ta gol urib, 15 ta golli uzatma bergan. U muntazam jarohatlar sababli Klopp qo‘l ostida o‘zining to‘liq potensialini ko‘rsata olmadi. Shunday bo‘lsa-da, u YECHL (2018/19), KO‘JCH (202), Angliya chempionligi (2020), UYEFA Superkubogi (2019/2020),  Angliya kubogi, Liga kubogidagi (2022) g‘alabalarda o‘z hissasini qo‘shgan. Hozirda 29 yosh bo‘lgan Aleks faoliyatini Premyer-ligada davom ettirish ehtimoli yuqori.

"Liverpul" yuqoridagi uchlik o‘rnini to‘ldirish harakatlarini allaqachon Boshlab yuborgan. Hozirda jamoa "Brayton"dan argentinalik yarim himoyachi, jahon chempioni Aleksis Makallisterni xarid qilishga yaqin turibdi. "Qizillar" Makallister uchun allaqachon 10-raqamli futbolkani ham tayyorlab qo‘ygan. Nima deb o‘ylaysiz, jamoa Makallisterdan tashqari yana qanday transferlarni amalga oshirishi kerak?


Abduburxon Mamajonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:23, 22.05.2023.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.