Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Barselona" Gvido Rodrigesga ko‘z tikdi

"Barselona" Gvido Rodrigesga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Betis" yarim himoyachisi Gvido Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Insayder Gabriyel Sanzning so‘zlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" argentinalik futbolchini tez orada ketadigan Serxio Busketsning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida o‘z qisqa ro‘yxatiga qo‘shgan.

Manbaning ta’kidlashicha, "Barselona" hozircha transfer bo‘yicha aniq chora ko‘rmagan va hatto "Real Betis" bilan ham aloqaga chiqmagan. 29 yoshli Rodrigesning Manuel Pellegrini jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rodriges Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilning dekabrida jahon chempioni bo‘lgandi. Yarim himoyachi joriy mavsumda La Liganing 31 o‘yinida 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 13:26, 22.05.2023.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик