Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

La Liga rahbari va Vinisius o‘rtasida "jang" boshlandi

La Liga rahbari va Vinisius o‘rtasida "jang" boshlandi

Baho:
+ | -

Xavyer Tebas Vinisius Juniorning da’volariga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" vingeri Ispaniya chempionatining 35-turida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragan edi. O‘yindan so‘ng braziliyalik futbolchi La Ligani tanqid qildi. Keyinroq La Liga prezidenti Xavyer Tebas futbolchiga shunday dedi: "Biz sizga La Liga irqchilik holatlarida nima qilishi mumkinligini tushuntirishga harakat qildik, ammo kelishilgan sanalarning birortasiga kelmadingiz".

Vinisius Tebasning so‘zlariga shunday munosabat bildirdi: "La Liga prezidenti irqchilarni tanqid qilish o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarda menga hujum qilmoqda. Men sizning do‘stingiz emasman, xeshteglar meni harakatga keltirmaydi."

"1. Ispaniya ham, La Liga ham irqchi emas, buni aytish nohaqlik.

2. Biz La Ligada irqchilikni barcha jiddiylik bilan qoralaymiz va ta’qib qilamiz.

3. Joriy mavsumda 9 marta irqchi haqoratlar qayd etilgan (ulardan 8 tasi Vinisiusga qarshi bo‘lgan). Biz har doim aqldan ozgan odamlarni aniqlaymiz va sanksiya beruvchi organlarga shikoyat qilamiz. Ular qanchalik kam bo‘lmasin, biz doimo shafqatsizmiz.

4. Biz har kuni 42 klubda 200 dan ortiq qora tanli futbolchilarni barcha muxlislar hurmat qiladigan va sevadigan, irqchilik ko‘rinishlari alohida hollarda sodir bo‘ladigan, birinchi navbatda, xalqlar o‘rtasidagi ittifoq timsoli bo‘lgan musobaqa imidjiga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Biz buni yo‘q qilamiz" - deb post qoldirdi Tebas.

Kiritildi: 16:22, 22.05.2023.
O'qildi: 6984 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик