Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi final o‘yinlariga referilar tayinlandi

Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi final o‘yinlariga referilar tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida final o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Tayinlanishlar ro‘yxatini UYEFA matbuot xizmati e’lon qildi.

Yevropa ligasining hal qiluvchi “Sevilya” – “Roma” uchrashuviga Entoni Teylor boshchiligidagi angliyalik hakamlar brigadasi tayinlandi. Joriy mavsumda hakam UYEFA shafeligida klublar o‘rtasidagi 7 ta o‘yinida ishlagan (6 tasi Chempionlar ligasida, 1 tasi Yevropa ligasida).

Konferensiyalar ligasi finali “Fiorentina” – “Vest Xem” uchrashuvini Karlos del Serro Grande boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Joriy mavsumda hakam UYEFA shafeligida 8 ta uchrashuvida ishlagan (6tasi Chempionlar ligasida, bir martadan Yevropa Ligasi va Konferensiyalar ligasida).

"Sevilya" - "Roma" uchrashuvi 31 may kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Budapeshtdagi (Vengriya) "Ferens Pushkash" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59'da boshlanadi.

“Fiorentina” va “Vest Xem” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 iyun, chorshanba kuni Pragadagi (Chexiya) “Shinobo” stadionida o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.

Kiritildi: 02:10, 23.05.2023.
O'qildi: 1518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.