"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLdagi o‘zining eng sevimli golini oshkor qildi.
"Sautgempton" darvozasiga urilgan gol - o‘zgacha gol, bu juda chiroyli. Men Grilishdan mukammal pas qabul qilib oldim va akrobatik tarzda gol urdim. Sizga aytadigan boshqa hech narsam yo‘q, chunki bu golning o‘zi hamma narsani gapiradi", - dedi Xoland 90min bilan suhbatda.
22 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.