Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Ser Aleks Fergyuson "MYU"dan ketganidan beri APL klublarining qay biri eng ko‘p titul yutdi?!

Ser Aleks Fergyuson "MYU"dan ketganidan beri APL klublarining qay biri eng ko‘p titul yutdi?!

Baho:
+ | -

Ser Aleks o‘zining "Manchester Yunayted"dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazganiga roppa-rosa o‘n yil bo‘ldi. U boshqargan klub Yevropadagi eng qudratli jamoaga aylanib, 13 marta APLni va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi. Ammo uning ketishi, "MYU"dagi inqirozini keltirib chiqaradi. Xususan, "qizil iblislar" APLni yutmaganiga 10 yil bo‘ldi. Quyida mana shu davr ichida boshqa ingliz klublarining nimalar qilganiga e’tibor qaratamiz.

6. "Lester Siti" – 2 ta sovrin
1 marta APL
1 marta Angliya kubogi

Hatto hozir ham "Lester"ning APL chempioni bo‘lganiga ishonish anchayin qiyin ish. Ular hozirda "Manchester Yunayted"dan ko‘ra yaqinroq tarixda Angliya chempionligini nishonlagan jamoalar qatoridan joy olib turibdi. Fergyuson "qizil iblislar"ni boshqargan so‘nggi mavsumda "Lester Siti" hali Chempionshipda edi. 2013-2014 yilgi mavsumda APLga Chempionship g‘olibi sifatida kelgan "tulkilar", oradan ikki yil o‘tib, Klaudio Ranyeri boshchiligida o‘sha "ertak"ni yozgandi. "Lester"ga ikkinchi titul 2021 yilda nasib qildi. O‘shanda Brenden Rojers jamoasi "Chelsi"ni Angliya kubogi finalida tor-mor keltiradi.

5. "MYU" – 4 ta sovrin
1 ta Angliya kubogi
2 ta liga kubogi
1 ta Yevropa ligasi kubogi

Sovrinsizlik Ser Aleks davrlarida nodatiy hol edi. Ammo so‘nggi yillarda bu hodisa deyarli har mavsum qaytalanadigan bo‘lib qoldi. Fergyusondan keyin Devid Moyes 2014 yili Angliya superkubogini yutadi. Lui van Gal esa o‘zining so‘nggi kunida klubga Angliya kubogini taqdim etadi. 2017 yilda Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoa Yevropa ligasida zafar quchadi. Ammo o‘sha titul mankunianliklar uchun so‘nggisi bo‘ldi. To Erik ten Xag 2023 yilda Angliya liga kubogida g‘alaba qozonmagunga qadar, klub olti yil davomida hech qanday sovrinsiz mavsumlarni o‘tkazgan edi.

4. "Arsenal" – 4 ta sovrin
4 ta Angliya kubogi

Arsen Venger jamoasi Fergyusonning "MYU"dagi so‘nggi 8 yili davomida birorta titul qo‘lga kirita olmaydi. To‘pchilar 2005 yildan 2013 yilga qadar ligani 3 yoki 4 o‘rinda yakunladi. Kubok bahslari esa jamoa uchun omadsiz kelardi. O‘sha omadsiz seriyalar 2014 yilgi kubok finalida yakunlanadi. "Arsenal" "Xall Siti"ni 3-2 hisobida mag‘lub etib, so‘nggi 10 yildagi ilk titulini yutadi. Keyingi yillarda Venger yana ikkita shunday kuboklarga ega chiqdi. Mikel Arteta esa 2019 yilda jamoaga yana bir Angliya kubogini taqdim etadi.

3. "Liverpul" – 4 ta sovrin
1 ta APL
1 ta Angliya kubogi
1 ta liga kubogi
1 ta YECHL

"Liverpul" 2013-14 yilgi mavsumda APLni yutishga o‘ta yaqin keladi. Ammo Jerrardning "Chelsi"ga qarshi bahsda sirg‘alib ketishi butun klubni chempionlikdan mahrum etadi. O‘sha mavsum 2012 yil liga kubogi g‘olibligidan keyingi, klubning oltita sovrinsiz yillaridan biri edi. Ammo mersisaydliklar bu olti mavsumda YECHL, YEL va liga kubogi musobaqalarida final o‘yinlarni boy bergan. Biroq, Yurgen Klopp qattiq kurashdi va liverpulliklarga 2019 yilda YECHLni taqdim etdi. Uzoq kutilgan APL chempionligi keyingi yili qo‘lga kiritilgandi. "Qizillar" 2021-22 yilgi mavsumda fantastik darajada harakat qilib, to‘rtta sovrin uchun kurashdi. Ammo jarayonda APL va YECHL raqiblarga boy berildi. Shunga qarmay, Klopp armiyasi ikkita kubok yuta oldi.

2. "Chelsi" – 6 ta sovrin
2 ta APL
1 ta Angliya kubogi
1 ta liga kubogi
1 ta Yevropa ligasi
1 ta YECHL

So‘nggi o‘n yillikda "Chelsi" har xil davrlarni boshdan kechirdi. APLni ikki marta yutishdan tortib, joriy mavsumda 11 o‘rinni egallashgacha, hammasi bu jamoa uchun nasib qildi. "Aristokratlar" 2013 yildan beri 8 ta murabbiy bilan ishladi va bu narsa jamoani imkoni bo‘lgan barcha kuboklarni qo‘lga kiritishiga sababchi bo‘ldi. Ular ichida ikkita yevrokuboklar ham bor edi.

1. "Manchester Siri" – 12 ta sovrin
5 ta APL
1 ta Angliya kubogi
6 ta liga kubogi

"Manchester Siti" Fergyuson ketmasidanoq Angliya futbolida qudratli kuchga aylana boshlagan edi. Roberto Manchini davrida bu jamoa APL va Angliya kubogida zafar quchadi. Manuel Pellegrini ham "shaharliklar" uchun navbatdagi chempionlikni taqdim etadi. 2016 yilda Gvardiolaning kelishi, klubni barcha jabhada dominant maqomiga olib chiqdi. Ayni damda "Manchester Siti" so‘nggi 6 yildagi beshinchi APL tituliga erishdi. Ularning oldida YECHL va Angliya kubogi finali kutib turibdi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:59, 27.05.2023.
O'qildi: 3021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.