Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Kataloniyadan hujumchi ijaraga oladi

"Real" Kataloniyadan hujumchi ijaraga oladi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “Espanyol” hujumchisi Xoseluni bir yilga ijaraga oladi. Marca xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" faoliyatida avvalroq "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan ispaniyalik hujumchining xizmatlari uchun bir sent ham to‘lamaydi.

Gap shundaki, Xoseluning shartnomasida shart bor, unga ko‘ra, agar jamoa ikkinchi ligaga tushib ketsa, futbolchi "Espanyol"ni ijaraga bepulga tark etishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kataloniya klubi Segundaga tushib ketgandi.

Xoselu La Liganing ushbu mavsumida 16 gol bilan uchinchi to‘purar bo‘lib turibdi. "Real Madrid" ispaniyalik futbolchini Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 17:47, 30.05.2023.
O'qildi: 2078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.