Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Mourinyoning Yevropadagi yurishi qanday boshlangan edi?

Mourinyoning Yevropadagi yurishi qanday boshlangan edi?

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo oltinchi bor yevrokubok finalida o‘ynaydi. Yevropa ligasining hal qiluvchi baxsidagi uchinchi o‘yini bo‘ladi. Bungacha portugaliyalik “Portu” va “Manchester Yunayted” bilan ushbu turnirda muvaffaqiyat qozongan. Endi esa Joze "Roma" bilan kubok uchun kurashyapti. Mourino 20 yil avval “Portu” bilan ilk UEFA kubogini yutgan edi. O‘sha vaqtda u hali afsonaviy murabbiy emas, balki istiqbolli intiluvchan mutaxassis edi. Keling, “Portu” Mour Yevropani qanday zabt etganini eslaymiz.

Mourinyo 2002/2003 yilgi mavsum boshlanishidan oldin jamoa murabbiy etib tayinlangan. Joze avvalroq klubda 1993 yildan 1996 yilgacha Brayan Robsonning yordamchisi sifatida ishlagan. Klubni Mourning “Leyriya”dagi murabbiylik ishi o‘ziga tortdi: 2001/2002 yilgi mavsumda u kamtarona jamoa bilan chempionatda “Portu”ni ortda qoldirib, yettinchi o‘rinni egalladi. Top-klub rahbarlari iqtidorli mutaxassisni ko‘zdan qochirishmadi. Shunday qilib, afsonaviy muvaffaqiyat tarixi boshlandi.

Mourinyo tezda asosiy tarkib o‘yinchilarini aniqlab oldi: Vitor Baya, Rikardo Karvalyu, Koshtinya, Deku, Dimitri Alenichev va Elder Poshtiga. Joze sobiq sardori Xorxe Kostani "Charlton"da olti oylik ijaradan keyin qaytarib oldi. Shuningdek, ular Nuno Valente va Derleyni (ikkalasi ham "Leyria"dan), "Vitoriya"dan Paulo Ferreyra, "Boavista"dan Pedro Emanuel, shuningdek, "Benfika" bilan shartnomasi tugagan Edgaras Yankauskas va Manishe bilan shartnoma imzoladilar.

2002/2003 yilgi mavsumda UEFA kubogida hali guruh bosqichi, degan tushincha bo‘lmagan u ikki yildan keyin joriy etiladi. “Portu” turnirni birinchi davradan boshladi. Finaldan oldin Mourinyo jamoasi oltita ikki o‘yinli qarama-qarshiliklarda g‘alaba qozonishi kerak edi.

Portugaliyaliklarga qur’ada biroz omad kulib boqdi: birinchi davrada “Poloniya” (umumiy hisob – 6:2), ikkinchi o‘yinda – “Avstriya” (3:0) ustidan g‘alabni qo‘lga kiritdi. Va 1/16 finalda o‘sha paytda dahshatli bo‘lgan "Lans"ga qarshi o‘ynadi. 2001/2002 yilgi mavsumda ular Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ammo UEFA kubogida hammasi birinchi uchrashuvdayoq hal bo‘ldi, u yerda "Portu" raqibni mag‘lub etdi - 3:0. Javob o‘yinida fransuzlar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

1/8 finalda "Portu" "Denizlispor" bilan o‘ynadi. Mourinyo shogirdlari ilk uchrashuvda turkiyalik raqibni 6:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, javob o‘yinida durang natija qayd etgandi – 2:2. Chorak finalda “Portu” Gresiya chempionatining bronza medali sohibi “Panatinaikos”ga qarshi o‘ynadi. "Portu" greklar bilan bahsda qiyinchilikka duch keldi. O‘z maydonida kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi. Yagona gol nigeriyalik Emmanuel Olisadebe tomonidan kiritildi. Javob o‘yinida Derli 16-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi qo‘shimcha bo‘limda esa dubl qayd etdi. Mourinyo to‘dasi yarim finalga yo‘l oldi, bu yerda ularni eng jiddiy raqibi “Lasio” kutib turgandi.

Rimliklar u mavsumda “Skudetto”ni qo‘lga kiritgan 1999/2000 yilgi mavsumdagidek dahshatli ko‘rinmasdi. Biroq, “Lasio”da hali ham Sinisha Mixaylovich, Deyan Stankovich, Simone Inzagi, Diyego Simeone, Fernando Kouta, Anjelo Perutsi va Juzeppe Favalli o‘ynardi. Ajablanarlisi, “Portu” birinchi uchrashuvdayoq italiyaliklarni osonlikcha mag‘lub etdi. Oltinchi daqiqadayoq “Lasio” hisobni ochgan bo‘lsa ham keyinchalik o‘z darvozasidan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Derli dubl qayd etdi, yana bir gol esa Manishe tomonidan kiritildi.

“Ikkinchi o‘yin oldidan ustunlikka egamiz. 90 daqiqa qoldi va bu juda qiyin bo‘ladi. "Lasio" juda yaxshi jamoa va Rimda biz muammolarga duch kelishimiz mumkin", - dedi Mourinyo uchrashuvdan keyin.

Portugaliyalik murabbiy javob o‘yini oldidan diskvalifikasiya qilingan edi. Biroq Mourinyoning yo‘qligi raqibga yordam bermadi. "Portu" va "Lasio" nursiz durang qayd etdi.

"Portu" UEFA kubogi finaliga chiqdi va tarixda to‘rtinchi yevrokubokni yutish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ilgari jamoa 1987 yilda uchta sovrinni qo‘lga kiritgan: Yevropa kubogi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubok. “Portu” hal qiluvchi bahsda “Seltik”ga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Final kutilganidan ham qiziqarli o‘tdi. Qizig‘i shundaki, o‘yin Mourinoning 2023 yilgi mavsumdagi bo‘lajak raqibi “Sevilya” stadionida bo‘lib o‘tdi. 45+1 daqiqada Derli hisobni ochdi. Ammo tanaffusdan so‘ng "Seltik" qaytdi va darhol hisobni tenglashtirdi.
Oradan 10 daqiqaga o‘tmay Alenichev “Portu”ni oldinga olib chiqdi. Rossiyalik futbolchi Dekuning uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozabon Duglasning uzoq burchagiga yo‘lladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Larsson muvozanatini tikladi.

2:2 hisobida klublar biroz tinchlanishdi, o‘yin qo‘shimcha bo‘limga yetib keldi. 96-daqiqada "Seltik" himoyachisi Bobo Balde Derliga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka oldi. Qo‘pollik braziliyalikni to‘xtata olmadi. Aynan u penaltilar seriyasiga 5 daqiqa qolganida “oltin” golni urdi. U “Seltik” jarima maydonchasidagi sarosimalardan unumli foydalanib, to‘pni egallab oldi va darvozaga aniq zarba berdi... “Portu”ning uchinchi golidan so‘ng kameralar nigohi Mourinyoda edi. U atrofda nimalar bo‘layotganini shunchaki tushunmadi. Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi “Portu” UEFA Kubogida g‘alaba qozondi.

Keyingi mavsumda "Portu" Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. Mourinyo ikki mavsumda ikkita yevrokubokda g‘alaba qozonib, "Roma" bilan ham erishgan yutug‘ini takrorlashi mumkin (2022 yilda ular Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan). Portugaliyadagi ajoyib muvaffaqiyatdan so‘ng, Joze Premyer-ligani zabt etish uchun "Chelsi"ga yo‘l oldi. Undan keyin esa nimalar bo‘lganini yaxshi bilasiz…

Kiritildi: 02:57, 31.05.2023.
O'qildi: 2917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.