Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 1-turda Giri bilan durang o‘ynadi

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 1-turda Giri bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Norvegiyada 10 nafar grossmeyster ishtirokidagi nufuzli «Norway Chess» turnirida klassik bahslarga start berildi.

Nodirbek Abdusattorov birinchi o‘rini niderlandiyalik Anish Giriga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Bahs davomida vaziyat deyarli teng bo‘ldi. Ba’zida kompyuter kichik ustunlikni Giri tomonga berib turdi. O‘yin so‘ngida shaxmatchilarda bittadan ruh qolgan bo‘lsa, Anishda 3 va Nodirbekda 2 piyoda qoldi. Bu esa durang deganidir.

Reglamentga ko‘ra, asosiy partiyada durang qayd etilsa, shaxmatchilar tezkor uslubda armageddon partiyasini o‘ynashadi. Bunda oqlardan g‘alaba qozonish talab etiladi. Durang va g‘alaba qoralarga qo‘shimcha 0,5 ball taqdim etadi.

Turnirda g‘alaba uchun 3 ball, durang uchun 1 ball berilmoqda.

Kecha Karuana mezbon shaxmatchi Magnus Karlsenni, hindistonlik Gukesh esa fransiyalik Alirizo Firujani mag‘lub etdi. Qolgan 2ta o‘yinda durang qayd etildi.

Abdusattorov bugun 2-tur doirasida Aryan Tari (Norvegiya)ga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:36, 31.05.2023.
O'qildi: 1666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик