Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" va Kante haligacha kelisha olmayapti

"Chelsi" va Kante haligacha kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoq insayderi Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi va fransiyalik yarim himoyachi N'golo Kante hali yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelisha olishmadi.

So‘nggi bir necha oy ichida tomonlar muzokaralar olib borishdi, ammo vaziyat hali ham noaniq ko‘rinishda.

Boshqa klublar bundan foydalanib, yarim himoyachini o‘ziga jalb qilishlari mumkin. N'goloning transferiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

32 yoshli yarim himoyachi 2016 yilning iyulidan buyon «Chelsi»da to‘p tepadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi oy oxirida tugaydi.

Kante joriy mavsumda APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:45, 31.05.2023.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.