Taekvondochilarimizning jahon chempionatidagi bugungi ishtirokini Madinabonu Mannopova (-49 kg) boshlab berdi.
Litvalik Gerda Meitininkayt bilan jang qilgan hamyurtimiz 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi. 2-raundda uning boshga yo‘llagan zarbasidan so‘ng jarohat olgan litvalik sportchi bellashuvni davom ettira olmadi.
Shu tariqa hamyurtimiz ikkinchi davraga yo‘l olmoqda.