Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Sun’iy ong "Manchester Yunayted" bu yozda kimlarni sotib olishi mumkinligini taxmin qildi

Sun’iy ong "Manchester Yunayted" bu yozda kimlarni sotib olishi mumkinligini taxmin qildi

Baho:
+ | -

Superkompyuter "MYU"ning bu yozdagi xaridlari haqida o‘z taxminlarini berdi. Unga ko‘ra, "qizil iblislar" to‘qqizta futbolchini transfer qilishi mumkin. Klub o‘tgan mavsumni Erik ten Xag bilan muvaffaqiyatli yakunlagan edi. Mankunianliklar YECHLga yo‘l oldi, 3 iyun kuni esa jamoa ikkinchi titulini qo‘lga kiritishi mumkin. Buning uchun "Manchester Siti" mag‘lub etilishi lozim. "Manchester Yunayted"ni oldinda qizg‘in yoz kutmoqda. Tarkibga markaziy hujumchi zarur bo‘lib turibdi. "MYU" Krishtianu Ronaldu o‘rnini to‘ldira olmagandi. Shuningdek, ten Xagga yarim himoya uchun yuqori darajaga ega yulduzlar zarur. Quyida sun’iy ong tomonidan taxmin qilingan futbolchilar ro‘yxati taqdim etiladi.

Xarri Keyn

Angliya va "Tottenxem" sardori bu yozdagi "MYU"ning asosiy nishoni sanaladi. Klubga to‘purar zarur. Shu sababdan Keyn xaridi amalga oshishi kutilmoqda. Ammo bu ish oson bo‘lmaydi. Negaki, "Tottenxem" raisi Daniel Levi bilan kelishish qiyin masala. U Keynni kamida 100 million funtga sotadi.

Meyson Maunt

"Chelsi" yarim himoyachisining "Stemford Brij"dan ketadi degan mish-mish anchadan beri mavjud. Klub va futbolchi yangi shartnoma borasida kelisha olmagani aytiladi. Erik ten Xagning shaxsan o‘zi Angliya terma jamoasi a’zosiga qiziqish bildirmoqda. U uchun kamida 55 million funt talab qilinadi.

Deklan Rays

"Vest Xem" sardori o‘z shartnomasining tugashiga bir yil qolganida jamoadan ketishi kutilmoqda. 24 yoshli yarim himoyachining "Arsenal"ga o‘tishi bilan bog‘liq xabarlar mavjud. U, shuningdek, "Bavariya" uchun ham ustuvor maqsad sanaladi. Rays ayni damda 90 million funt atrofida baholanmoqda. "MYU" esa uni o‘z tomoniga og‘dirishi zarur.

Aleksis Makallister

Jahon chempionatida zafar quchgan futbolchi, yozda o‘z klubini almashtirishi ayon bo‘ldi. U "Brayton"ga YELga chiqish uchun katta yordam bergan edi. Makallister uchun "Liverpul" va "MYU" birdek raqobat qiladi.

Jud Bellingem

19 yoshli talant yozgi transferlar oynasida eng katta e’tiborga molik futbolchiga aylanishi kutilmoqda. Ammo uning ko‘chishi, katta ehtimol bilan APLga bo‘lmaydi. Bellingem "Real"ga o‘tishga yaqin turibdi. "MYU" esa bu kurashda ancha qiynaladi.

Frenki De Yong

"Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchini o‘tgan yozda ham ta’qib qilgandi. Ammo "Barselona" De Yongni sotmagan. Hozir ham bu boradagi vaziyat o‘zgargani yo‘q. De Yong La-ligada baxtli va Xavi jamoasida muhim figura bo‘lib turibdi. Shu sababli 25 yoshli yulduzni Kataloniyadan olib kelish o‘ta murakkab kechadi.

Yuri Tilemans

Belgiya terma jamoasi a’zosi Chempionshipga yo‘l olgan "Lester"ni erkin agent sifatida tark etadi. U o‘tgan yili "Arsenal"ga o‘tishga harakat qilgandi. Tilemans uchun "Manchester Yunayted" hozir jiddiy da’vogarga aylandi. U uchun "Nyukasl", "Liverpul" va "Aston Villa" ham kurashib ko‘radi.

Nikolo Barella

Yarim himoyachi "Inter"ning Italiya kubogiga erishishi va YECHL finaliga chiqishida muhim rol o‘ynagan edi. Italyan futbolchisiga "Liverpul" qiziqish bildirgan. Ammo "MYU" Barellani o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qiladi.

Denzel Dyumfris

Niderlandiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan yozda "Chelsi"ga o‘tishi ham mumkin edi. Ammo transfer muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 27 yoshli futbolchi "Inter" uchun muhim ekani sababli "MYU" Denzelni sotib olishga ancha qiynaladi.

Superkompyuterning taxminlari yuqoridagilardan iborat.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 31.05.2023.
O'qildi: 3292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.