"Manchester Yunayted" yozda Xarri Keynni sotib olmoqchi edi. Xabarlarga ko‘ra, klubda Keyn o‘rnini bosa oladigan muqobil variant bor. Fabrisio Romanoning fikriga ko‘ra, Dushan Vlaxovich "MYU" kuzatuvi ostida.
U mavsum davomida 14 ta gol urgan edi. 23 yoshli hujumchiga "Bavariya" ham qiziqish bildirgan. Serbiya terma jamoasi a’zosi uchun kamida 50 million funt so‘ralishi kutilmoqda.