Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Benzema "Real" qarorgohida Florentino Peres bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Benzema "Real" qarorgohida Florentino Peres bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

Karim Benzema "Real"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tufayli Florentino Peres bilan uchrashdi.

DAZN jurnalisti Serxio Kirante xabariga ko‘ra, hujumchi bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida "Real Madrid" bazasiga yetib kelgan. Madrid jamoasi mashg‘ulotlarining boshlanishi esa soat 16:00ga belgilangan edi.

Jurnalist Mariya Moran El Golazo de Gol uchun xabar berishicha, ayni damda Benzema va "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres uchrashmoqda.

Avvalroq, fransiyalik futbolchi "Real"dan Saudiya klublaridan biriga o‘tishga yaqin turgani ma’lum bo‘lgandi. Peres har qanday qarorga rozi bo‘ladi. "Real Madrid" muxlislari "Atletik"ga qarshi o‘yinda Benzema bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Madridliklar sardori joriy mavsumda 42 o‘yinda 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:50, 31.05.2023.
O'qildi: 1879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.