Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Teylor aeroportda "Roma" muxlislarining hujumiga uchradi

Teylor aeroportda "Roma" muxlislarining hujumiga uchradi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi finali bosh hakami Entoni Teylor va uning oilasi "Roma" muxlislari tomonidan tazyiqlarga uchradi.

Ularning yo‘llari "Roma" va "Sevilya" o‘rtasidagi final bahsi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4) bo‘lib o‘tgan Budapesht aeroportida kesishdi.

Muxlislar angliyalik hakamni ta’qib qila boshlaganidan so‘ng, Teylor va uning oilasi aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan kafedan chiqarib, xavfsiz hududga olib ketilgan. Rimlik muxlislar guruhi tomonidan stul va shisha hakam tomon uchib keldi.

Budapesht aeroporti bezorilikda ayblangan Italiya fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘yindan so‘ng "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham Teylorning ishidan norozi bo‘ldi. Xususan, Joze OAVga bergan izohida: "Entoni Teylor ispaniyalik bo‘lib tuyuldi", degan va ingliz hakami stadionni tark etayotganda, portugaliyalik murabbiy unga: “Sen sharmandasan!” deb qichqirdi.

Kiritildi: 17:11, 02.06.2023.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик