Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

«Yuventus» formasi: Mo‘yna effekti, hayvon yungi, «zebra» usuli

«Yuventus» formasi: Mo‘yna effekti, hayvon yungi, «zebra» usuli

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA / Klublar / Liboslar
Rukn: Yangiliklar

«Yuventus»ning yangi formasi ajoyib dizaynga ega - hayvon yungidan «zebra» usuli, yana mo‘yna effekti.

Zebra - bu Turin klubining eski ramzi. Ushbu dizayn anchadan buyon kutilayotgandi. Zero, «Yuventus» matbuot xizmati bir necha oy oldin 2023|2024 yillar mavsumi uchun g‘ayrioddiy uy formasiga buyurtma berilganini ma’lum qilgan va ba’zi ma’lumotlarni ham havola etgandi. Mana, Turin klubi yangi libosni rasman ko‘rsatdi. Sports.ru saytining quyidagi maqolasi shu haqda.

Yorqin sariq qo‘shimchalar, chaqmoq belgisi va zebra effekti. «Yuventus» rahbariya­ti aslida zebra jilosini tiklaydigan to‘plamni tanladi. Bir qarashda, klubning an’anaviy oq-qora ranglari bilan bunday dizayn yaratish qiyin emas, lekin Adidas loyihachilari reallikka maksimal darajada yondashishgan, baribir. Formada hayvon yungi mo‘yna effektini ta’minlagan. Dizaynerlar libosni yana yorqin sariq qo‘shimchalar bilan to‘ldirishgan. Jeep logotipidagi elektr toki va chaqmoq belgilari esa o‘z o‘rnida. Bu - brend mahsuloti elektromobillar reklamasi. Aytgancha, «keksa sinyora» futbolchilari 14 may kuni «Kremoneze»ga qarshi o‘yinda «zebra»ni sinab ham ko‘rishdi.

Bu hammasi emas: «Yuve»ning o‘yinoldi libosi ham «zebra» uslubida. Turinda hammani oxirigacha hayratlantirishni istashdi, shekilli. Deylik, keyingi mavsum uchun tayyorlangan mashg‘ulot (chigilyozdi) futbolkasi ham zebra rangiga hamohang. To‘g‘ri, bunisida sariq rang yorqin bo‘lmasa, yaqqol seziladi, baribir.

Zebra «Yuve» ramzi hisoblanadi, bu hayvonni hattoki, klub gerbiga ham tushirishgan. «Yuventus» uzoq 1903 yildan buyon oq-qora chiziqli futbolkaga oshufta. O‘shanda Turin klubi pushti-qora to‘plamdan voz kechgandi. Sababi, eng arzon mato sanalgan pushtirang perkal tez eskirardi, yaxshi yuvilmasdi va jilosini ham yo‘qotardi. E’tiborlisi, yangi libos (ya’ni hozirgi dizayn) taklifini klubning angliyalik legioneri Jon Savaj o‘rtaga tashlagan. Uning shaxsan o‘zi qadrdon shahridagi firmaga «Notts Kaunti»ning oq-qora libosiga o‘xshash forma masalasida buyurtma bergan ekan. Qarangki, «Yuventus» 1905 yili chiziqli futbolkada birinchi marta chempion bo‘ladi. Shu tariqa klub rahbariyati oq-qora ranglarni omad manbai sifatida ko‘radi. Vaqt o‘tishi bilan esa Turin jamoasiga ikki laqab yopishtiriladi - «byakonerlar» («oq-qoralar») va «zebralar».

Zebra ramz sifatida shu qadar ommalashadiki, o‘tgan asrning 60-80-yillari «Yuventus» gerbida uning tasviri paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, orada (70-yillar va 80-yillardan keyin) zebra o‘z o‘rnini Turin shahri ramzi buqaga bo‘shatib beradi. 2017 yildan esa «Yuve» futbolkalar dizayniga eski davr logotipini qaytara boshladi. Aytgancha, 70-yillar zebra futbol gerbisiz qolmagan. Ya’ni «Yuventus» o‘rnini «kichik zebralar» laqabi bilan tanilgan «Udineze» ta’sirchan tarzda egallagandi. Mana, endi Turinda yoqimli hayvonni yana esga olishdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:22, 04.06.2023.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.