"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan "Formula-1" Gran-prisiga tashrif buyurdi. U yerda futbolchi Meyson Mauntning ketishi mumkinligi haqida savol oldi.
"Bu menga aloqador emas, lekin men uning qolishini istardim. U mening eng yaxshi do‘stim. Men uning qolishini istardim, lekin bu haqda hech qanday izoh berolmayman”, dedi Chiluell Sky Sports nashriga.
Mauntning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.