Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

«Real»da sovrin yutish bo‘yicha rekord va boshqa ulkan raqamlar. Benzemaning «Madrid»dagi faoliyati haqida

«Real»da sovrin yutish bo‘yicha rekord va boshqa ulkan raqamlar. Benzemaning «Madrid»dagi faoliyati haqida

Baho:
+ | -

“Real” hujumchisi Karim Benzema Madrid klubini tark etishi ma’lum bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi ispan klubida 2009 yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Quyida bu vaqt ichida jamoa afsonasiga aylanishga ulgurgan hujumchining “qaymoqranglilar” safidagi faoliyati raqamlarda keltirilgan.

Karim Benzema “Real” tarkibida 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan va bu bo‘yicha rekordchi hisoblanadi (Madrid klubi sobiq futbolchisi Marselo ham jamoa tarkibida shuncha kubok yutgan). Gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turgan Karim 353 ta to‘p kiritgan. “Qirollik klubi”da faqatgina Krishtianu Ronaldu undan ko‘proq gol (450) urgan. Golli uzatmalar bo‘yicha esa Benzema tengsiz hisoblanadi — 166 ta assist.

Fransiyalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida 647 ta o‘yin o‘tkazgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan faqatgina Serxio Ramos (671), Manuel Sanchis (710), Iker Kasilyas (725) va Raul (741) ko‘proq o‘yinda maydonga tushgan.



Bu hali hammasi emas. Quyida Karim Benzema erishgan muhim va qimmatli yutuqlar keltirilgan.

— Chempionlar Ligasi tarixida to‘rtinchi raqamli to‘purar (90 ta gol). Faqatgina Robert Levandovski (91), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldu (140) undan ko‘proq gol urgan.

— La Liga tarixida to‘rtinchi raqamli to‘purar (237 ta gol). Fransiyalik futbolchilar orasida esa eng yaxshi natija.

— Chempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi va to‘purari (15 ta gol).

— La Liga 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari (27 ta gol).

— Fransiyada to‘rt karra yilning eng yaxshi futbolchisi (2011, 2012, 2014, 2021).

— La Ligada ikki karra mavsumning eng yaxshi futbolchisi (2019/20, 2021/22).

— “Real Madrid”ning to‘rt karra mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi (2015/16, 2018/19, 2019/20, 2021/22).

— Qatorasiga 11 mavsumdan beri kamida 20 ta gol urib kelayotgan “Real” tarixidagi yagona futbolchi.

— “El-Klasiko” tarixidagi eng tezkor gol (21-soniya) va “Real” tarixidagi eng tezkor het-trik (7 daqiqa ichida) muallifi.

“Real” futbolchi bilan shunday xayrlashdi: “Klub afsonalaridan biri. U tariximizning oltin yillarida asosiy o‘yinchi bo‘lgan. Benzemaning ‘Real Madrid’dagi faoliyati klubimiz qadriyatlarini ifodalovchi xatti-harakatlar va professionallik namunasi edi. Karim o‘z kelajagini hal qilish huquqiga ega edi. Madridliklar va butun dunyo muxlislari uning sehrli va betakror futbolidan bahramand bo‘ldi”.

“U buyuk futbolchi. Krishtianu ketganidan keyin bir qadam oldinga tashladi va o‘zini jamoa uchun kerakli futbolchidek his qilishni boshladi”, — deya Benzemani maqtagandi Luish Figu 2020 yilning iyul oyida.

Zinedin Zidan Benzemani tarixdagi eng yaxshi fransiyalik hujumchisi deb atagandi, “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand esa Karimning o‘yini jamoa ritmini o‘zgartirishi haqida gapirgandi. Maqtovlar orasida “Real”ning azaliy raqibi bo‘lgan “Barselona” himoyachisi Karles Puyolning fikrlarini ham uchratish mumkin. “Benzema butun jamoani o‘z ortidan ergashtiradigan fenomen”, — degandi Karles.

“U total hujumchi va menga Alfredo di Stefanoni eslatadi. Karim vaziyatlar yaratadi, ajoyib gollar uradi va maydonda o‘zini yetakchi sifatida ko‘rsatadi. Anchelotti uchun Benzema asosiy futbolchi hisoblanadi”, — deya uni “Real” afsonasiga qiyoslagandi Fabio Kapello.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Karim Benzemaga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan kelishuvga erishgan. Arab klubi Benzema bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolashi haqida xabar berilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:30, 05.06.2023.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.