Nikolo Skiraning fikricha, "Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini jamoada qolishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, bergamoliklar klubi rahbariyati 65 yoshli italiyalik mutaxassisga 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
“Atalanta” o‘tgan mavsumda A Seriyada oltinchi o‘rinni egalladi va kelasi mavsum Yevropa Ligasida o‘ynaydi.