Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Makkor Mourning hiylasi o‘z yo‘liga...

Makkor Mourning hiylasi o‘z yo‘liga...

Baho:
+1 | -

YEL finalidan keyingi penaltilar seriyasi 3ta «duel»dan 2tasida g‘olib chiqqan Yosin Bununing qahramonligi va Gonsalo Montyel urinishida VAR tizimi aralashuvi bilan esda qoldi.

Ya’ni argentinalik futbolchining birinchi zarbasidan so‘ng «Roma» kiperi Rui Patrisiu to‘pni qaytardi, biroq hakam u darvoza chizig‘idan ertaroq chiqqanini ko‘rsatib, Montyelga ikkinchi imkoniyatni  berdi va Gonsalo g‘alaba golini urdi. Ammo finaldan so‘ng ko‘pchilik yana bir jihat - Joze Mourinyo tomonidan penalti tepish uchun tanlangan futbolchilarga alohida e’tibor qaratdi. Binobarin, «Roma» ustozi Andrea Belotti, Jorjinyo Veynaldum va Stefan al Shaaravi kabi ijrochilar qolib, penalti masalasida aytarli tajribasi yo‘q shogirdlariga ishonch bildirdi.

«Roma»dan seriyada qatnashgan futbolchilarning bu boradagi statistikasiga qarasak, Joze Mourinyo kichik hiyla ishlatishni o‘ylagani oydinlashadi. Deylik, Brayyan Kristante professional fao­liyatida 3ta penaltidan 2tasida samara chiqarolmagan (u oxirgi mavsum «nuqta»ga atigi bir bora yaqinlashgandi) bo‘lsa, Janluka Manchini va Rojer Ibanyes ilk marta «duel»ga kirishishdi. Demak, portugaliyalik murabbiy bu bilan «Sevilya» tahlilchilari va Yosin Bunuga «syurpriz» ulashishni o‘ylagan bo‘lishi mumkin. Har holda, bunday o‘yinlar oldidan tahlilchilar va darvozabonlar odatda raqib jamoa safida penalti tepadigan futbolchilarni alohida o‘rganib chiqishadi. «Benazir» esa «nuqta»ga hech qachon yoki deyarli yaqinlashmagan yigitlarni tanladi. 100 foiz tushunarliki, u bunda «Sevilya» darvozaboni boshini «aylantirish»ni o‘ylagan.

To‘g‘ri, ushbu nazariyaga qarshi argument ham bor: ehtimol, «Roma»dan 4-5-zarbalarni penalti tepish tajribasiga ega futbolchilar amalga oshirardilar agar andalusiyaliklar dastlabki 4ta urinishda ham gol urishmaganida. Chunonchi, o‘sha vaqt Belotti, Veynaldum va Nikola Zalevski maydonda edilar. Asosiy natija shuki, Joze Mourning ushbu taktik hiylasi natija bermadi - «Sevilya» darvozasini qo‘riqlagan marokashlik kiper «Roma» himoyachilari qanday tepishlarini bilmasada, o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Oqibatda «Roma» YEL kubogidan tashqari, CHL yo‘llanmasidan ham quruq qoldi, Mourinyo esa faoliyatida ilk marta yevrokuboklar finalida mag‘lubiyatni tan oldi.

*** 

Faoliyati davomida yevrokuboklar finalida 6-marta ishtirok etgan va birinchi marta Joze Mourinyo o‘ziga atalgan medalni hammadan oldin qabul qilib oldi va uni «Pushkash Arena» tribunasi tomon uloqtirdi. «Benazir»ga keraksiz «buyum» esa «Roma»ning yosh muxlisiga nasib etdi. Medal unda sevimli jamoasi mag‘lubiyati alamini ma’lum darajada «kesgan»dir...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:39, 08.06.2023.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.