Italiya terma jamoasi va "Inter"ning sobiq himoyachisi Marko Materassi hozirgi jamoani 2010 yilgi tarkib bilan solishtirdi.
"Bizning "Inter" hali ham bir oila. Bu g‘alaba qozonishimizga imkon bergan asosiy omil edi. Hozirgi jamoada ham xuddi shunday ko‘ryapman. Barella, Martines, Chalhano‘glu - bu o‘zgarishlarni amalga oshirishga qodir futbolchilar", - dedi Materassi Tuttomercatoweb bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari "Inter" Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynadi. "Neradzurrilar" 0:1 hisobida minimal mag‘lubiyatga uchradi. A Seriyada milanliklar uchinchi o‘rinni egalladi.