Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kampush Mbappe sabab ishsiz qolishi mumkin

Kampush Mbappe sabab ishsiz qolishi mumkin

Baho:
+ | -

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Kilian Mbappe shartnomani uzaytirmaslik qaroridan so‘ng klub sport direktori Luish Kampushni iste’foga chiqarishi mumkin, deb xabar beradi Get French Football News.

Manbaning yozishicha, rahbariyat 24 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatdan norozi. Al-Xelayfi g‘azabda va tez orada Kampushni lavozimidan chetlatishi mumkin.

12 iyun kuni futbolchi klubga hech qanday holatda shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirmasligi haqida rasmiy xat yo‘llagani xabar qilingandi.

24 yoshli Mbappe joriy mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:14, 13.06.2023.
O'qildi: 3604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик