Fransiya prezidenti Kilian Mbappening "PSJ"ni tark etishiga to‘sqinlik qilmoqchi.
Parijlik yosh muxlis mamlakat prezidenti Emmanuel Makrondan hujumchi Liga 1 klubida qoladimi, deb so‘radi.
"Menda shov-shuvli xabar yo‘q, lekin uni olib qolishga harakat qilaman" - deb javob berdi davlat rahbari.
2022 yilda Makron hujumchini "PSJ"da qolishga ko‘ndirgan edi. O‘sha yilning yozida Mbappe shartnomasini ikki mavsumga uzaytirgandi.