Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Manchester Siti»ni qator yetakchi futbolchilar tark etishi mumkin

«Manchester Siti»ni qator yetakchi futbolchilar tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

“Manchester Siti”ni yozda olti nafar futbolchi tark etishi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, himoyachi Kayl Uoker yetarli o‘yin amaliyotisiz qolayotganidan norozi. Bundan tashqari Chempionlar Ligasi finalida asosiy tarkibda tushmagani Uokerga yoqmagan. Shu bois Uoker jamoasini almashtirish haqida o‘ylamoqda.

Mavsumning ikkinchi yarmini “Bavariya”da o‘tkazgan Joau Kanselu ham “Manchester Siti”ni tark etishga yaqin.

Markaziy himoyachi Aymerik Lyaport ham katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Ispaniyalik futbolchi ham o‘yin amaliyotidan qoniqmayapti.

Ilkay Gundo‘g‘anning ham klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Ilkayning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi oy oxirida tugaydi. Unga “Barselona”, “PSJ” va boshqa jamoalardan qiziqish bor. Bundan tashqari Bernardu Silvaga ham qator klublar taklif bilan chiqqan.

Riyod Mahrez yozda jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘ldi. Futbolchiga Saudiya Arabistonidan qiziqish bor, jazoirlikning o‘zi ham klubni tark etishga qarshi emas.

“Manchester Siti” 2022/23 yilgi mavsumda Premyer Liga, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:01, 16.06.2023.
O'qildi: 3162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик